Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Investitsiya faoliyatini tartibga solishning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati


Download 1.8 Mb.
bet18/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

4.Investitsiya faoliyatini tartibga solishning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati.
Davlatning yuritayotgan investitsiya siyosati natijasining qanday samaraga ega ekanligi mamlakatdagi investitsion faoliyatning rivojlanish holati bilan belgilanadi. SHu sababli, odatda, har qanday investitsion siyosatning maqsadi mavjud investitsion faoliyatning rivojlanish istiqboliga qaratiladi. Bu maqsad o’zida davlatning investitsion faoliyatni muntazam tartibga solish vazifasini ham mujassam etadi.
Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi:

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi.

  2. Davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish.

Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish;
- soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash;
- asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
- normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
- monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash;
- kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o’tkazish;
- yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;
- investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling