Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Investitsiya dasturni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash


Download 1.8 Mb.
bet16/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Investitsiya dasturni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash

Investitsiya dasturini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash asosan markazlashgan va markazlashmagan moliyaviy mablag’lar xisobidan amalga oshiriladi. Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Markazlashtirilgan investitsiyalar, ular quyidagilardan iborat:
- davlat byudjeti mablag’lari;
- davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag’lari;
- hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar;
- hukumat qarorlarig ko’ra belgilanadigan boshqa manbalar.
2. Markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilardan iborat:
- mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag’lari;
- tijorat banklarining, shu jumladan xorijiy tijorat banklarining kreditlari;
- jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslar mablag’lari;
- qonun hujjatlarga zid bo’lmagan boshqa manbalar.
Markazlashtirilgan investitsiyalar respublika halq xo’jaligini tarkibiy qayta qurishni, respublikaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish va rivojlantirishni, amalga oshirish moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga mumkin bo’lmagan ijtimoiy muammolarni va boshqa muammolarni hal etishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlarida asosiy fondlarini yaratish va ko’paytirish uchun foydalaniladi.
Markazlashtirilgan ivestitsiyalar faqat:
- respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlariga davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
- aholining ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy muhofaa qilishni ta’minlash uchun uy-joy qurilishiga;
- suv xo’jaligi qurilishiga;
- aholi yashaydigan joylarning muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
- davlat boshqaruvi organlari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustaxkamlashga;
- fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport, madaniyat va ijtimoiy infratzilmaning boshqa tarmoqlari ob’ektlari qurilishiga;
- umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va ta’biiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga ajratiladi.


  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling