Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
-mavzu: Investitsiya faoliyatida kapital qurilish
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. “Kapital qo’yilmalar” va “kapital qurilish” tushunchalari.
9-mavzu: Investitsiya faoliyatida kapital qurilish.
REJA 1. “Kapital qo’yilmalar” va “kapital qurilish” tushunchalari. 2. Kapital qurilishda loyihalashtirish, loyihalar sifatining kelgusi qurilish uchun ahamiyati. Qurilishda narxni shakllantirish. 3. Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi va uni aniqlash yo’llari. 4.Investitsiya jarayonida kapital qurilishni tashkil etish va boshqarish 1. “Kapital qo’yilmalar” va “kapital qurilish” tushunchalari. Kapital qo’yilmalar kapital qurilishni amalga oshirishning asosi hisoblanadi va ular quyidagilarga yo’naltiriladi: - yangi qurilishga; - amaldagi korxonani ta’mirlashga; - ishlab chiqarishni taexnik qayta qurollantirish va jihozlashga; - amaldagi korxona yoki boshqa qandaydir ob’ektni kengaytirish; - boshqa maqsadlarga. Kapital qo’yilma va kapital qurilish bir-biri o’zaro bog’langan tushunchalardir. Kapital qo’yilmalar kapital qurilishni amalga oshirishning moliyaviy manbasi hisoblanadi. Kapital qurilish - asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishni kengaytirishning asosiy shakllaridan biridir. Kapital qurilish - bu amaldagi ob’ektlarni modernizatsiyalash, texnik qayta qurollantirish, ta’mirlash, kengaytirish yo’li bilan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarni barpo etish jarayonidir. Uning yordamida asosiy fondlarning ma’naviy va jismoniy eskirishi tiklanadi. Kapital qurilish – ob’ektni loyihalashtirishdan boshlab, to uni ishga tushirishgacha bo’lgan bosqichlarni, ya’ni asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini qamrab oladi. Uning eng asosiy bosqichlaridan biri qurilish-montaj ishlari va qurilayotgan ob’ektni ishga tushirishdir. Kapital qurilish - bir-biri bilan o’zaro bog’langan murakkab jarayonlarni tavsiflaydi. Uning asosiy xususiyati - ob’ekt qurilishining murakkabligi: moddiy, mehnat va pul resurslari harajatlarining ko’pligi; qurilish ob’ektining texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi va ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi. Qurilish ishlab chiqarish ob’ekti tsiklining davomiyligi deganda qurilish maydonini rejalashtirishdan to ob’ektni ishga tushirishgacha bo’lgan davr tushuniladi. Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital qo’yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi: - qurilish maydonini tanlash va ob’ektni loyihalashtirish (TIT); - qurilish; - ob’ektni foydalanishga topshirish. Kapital qurilish tizimida loyiha, ish hujjatlari, loyihalovchi, yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), qurilishlarning aniq ro’yxati, qurilishning titul ro’yxati, mablag’ bilan ta’minlovchi organ, qurilish maydoni, vaqtinchalik inshootlar, shartnoma narxini bo’lib chiqish, ijro hujjatlari kabi tushunchalar ishlatiladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling