Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet51/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Ekologik tahlil.


Loyihani ekologik nuqtai nazardan baholash, yuqorida tilga olingan jihatlaridan tashqari, o’z masalalari, usullari va qoidalariga ega.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ekologik baholash majmuaviy xarakterga ega bo’lishi va uning natijalari loyiha qabul qilinishi yoki rad etilishiga ta'sir ko’rsatuvchi asosiy mezonlardan biri bo’lishi lozim. Bir vaqtning o’zida, amaliyotga nazar tashlaydigan bo’lsak, xo’jalik rahbarlari faqatgina boshqaruv organlaridan tegishli buyruq kelgandagina ekologik ekspertizani amalga oshiradilar.
Bunda ekologik oqibatlar naqadar muhimligi va ularni bartaraf etish lozimligi hamma uchun ravshan, ammo moliyaviy resurslarning yetishmovchiligi loyihani ekologik nuqtai nazardan majmuaviy tarzda baholash imkonini bermaydi.
Ekologik tahlilning maqsadi – loyihani amalga oshirish va ob'ektning keyinchalik faoliyat yuritishi davomida atrof muhitga ko’rsatilishi mumkin bo’lgan zararni oldindan aniqlash, va yo’qotishlarni minimumga olib kelish yoki umuman bartaraf etish bo’yicha qaror qabul qilishdan iborat.
Loyihani ishlab chiqish jarayonida faqatgina atrof muhit uchun mumkin bo’lgan oqibatlar bo’yicha ma'lumotlar bazasi va monitoring tizimi emas, balki loyihani ekologiyaga ta'siri bo’yicha muayyan me'yorlarni o’rnatish, hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazorat tizimi talab qilinadi.
Mamlakat hukumatlari va (yoki) xalqaro ekologik tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan havfsizlikning minimal me'yorlari tushunchasi mavjud. Bunday me'yorlar sog`liqni saqlash, hayvonot va o’simlik dunyosini asrash va boshqa sohalarda mavjud. Loyihani ishlab chiqish jarayonida shuni hisobga olish lozimki, qabul qilinayotgan havfsizlik parametrlari ushbu minimal me'yorlardan past bo’lmasligi lozim.
Investitsiyaviy loyihalashtirishda, ayrim hollarda, atrof muhitga muayyan darajada zarar yetkazishga yo’l qo’yiladi. Misol uchun, loyiha tufayli yuzaga kelgan zararli oqibatlar uchun tegishli insonlarga kompensatsiyaviy to’lovlarni amalga oshirish, ushbu oqibatlarni bartaraf etish yoki
kamaytirishdan ko’ra foydaliroq bo’lishi mumkin. Ammo, har qanday holatda ham, esda tutish lozimki, loyihaning atrof muhitga zararli ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf etish bo’yicha barcha xarajatlar, hamda kompensatsiyaviy to’lovlar va jarimalar, loyihaning umumiy xarajatlariga kiritilishi va pul oqimlariga qo’shilishi lozim.
Ekologik qismi muhim rol o’ynaydigan loyihalarda, xarajat va daromadlarning to’g`ridan-to’g`ri tahlilini o’tkazib bo’lmaydi. Muammo shundaki, ekologik loyihalardagi daromad va xarajatlarni aniq ko’rib bo’lmaydi va (yoki) ular vaqt bo’yicha ancha surilgan.
Tabiat nafaqat insonga resurslarni taqdim etadi, balki boshqa tabiiy xizmatlarni ham ko’rsatadi (suvlarning tabiiy tozalanishi, tuproqning himoyasi, chiqindilarni qayta ishlash va h.). Tabiatning bunday takrorlanmas o’ziga xos qobiliyatiga yetkazilgan zararni qiymat bilan ifodalash juda ham qiyin, ayrim hollarda esa umuman mumkin emas.
Ekologik o’zgarishlarning darajasi va xarakterini oldindan bilish mumkin bo’lgan holatlarda, mavjud bozorlar va ulardagi narxlar bunday baho berish imkoniyatini tug`diradi. Misol uchun, sug`orish tizimidagi suv sifatining yomonlashuvi tufayli, hosil hajmi yoki sifatidagi yo’qotishlar yuqori darajali aniqlik bilan hisoblangan bo’lishi mumkin.
Ammo, havo yoki ichimlik suvining sifati pasayishi natijasida insonlar sog`lig`iga keltirilgan zararni hisoblash ancha murakkab. Misol uchun, sog`liqni saqlash, turar joyni o’zgartirish yoki davolanish xarajatlarini hisoblash mumkin, lekin baribir bir qancha boshqa xarajatlar hisobga olinmasdan qoladi va zarar ko’rganlar tegishli kompensatsiya olmaydilar.
Loyiha salbiy oqibatlarini kamaytirish yoki bartaraf etish xarajatlarini rejalashtirishda, moliyalashtirishning barcha mumkin bo’lgan manbalarini, va birinchi navbatda investitsiyadan asosiy foyda ko’ruvchi shaxslarning mablag`larini hisobga olish lozim. Qo’shimcha daromad olish yo’lida atrof muhitga zarar yetkazuvchi, uni tiklash bo’yicha asosiy xarajatlarni ham ko’tarishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari barcha pog`onalardagi davlat byudjeti, atrof muhitni himoya qilish maqsadli dasturlarining mablag`lari, maxsus ekologik jamg`armalarning mablag`lari va boshqa manbalardan foydalanish mumkin.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling