Investitsiyalarning turlari: moliyaviy (portfelь), real (moddiy) va intellektual investitsiyalar.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko’ra investitsiyalar mo’ljallangan ob’ektiga ko’ra quyidagi turlarga ajratilgan:
Kapital investitsiyalar. Bunday investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga yo’naltirilgan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalar. Bunday investitsiyalar tarkibiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga yo’naltirilgan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar. Bunday investitsiyalar tarkibiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
SHuningdek, investitsiyalarning iqtisodiy adabiyotlarda quyidagi tasnifify belgilari va turlari qayd etilgan:
Investitsiyalarning tasniflanishi
t\r
|
Tasnif belgisi
|
Investitsiyalarning turlari
|
1
|
Qo’yilma ob’ektiga kura
|
Real
Moliyaviy
Intelektual
|
2
|
Qo’yilma muddatiga ko’ra
|
Qisqa muddatli
O’rta muddatli
Uzoq muddatli
|
3
|
Investitsiyalash maqsadiga ko’ra
|
To’g’ridan-to’g’ri,(bevosita)
Portfeli (bilvosita)
|
4
|
Iqtisodiyot sohasiga ko’ra
|
Ishlab chiqarish
Noishlab chiqarish
|
5
|
Mulkchilik shakliga kura
|
Xususiy
Davlat
CHet El
Aralash
|
6
|
Risk nuqtai-nazaridan
|
Agressiv
Umerennыe
Konservativnыe
|
Bevosita investitsiyalar deganda investorning investitsiya jarayonda bevosita ishtirok etishi tushuniladi, ya’ni investor investitsiyalash ob’ektini, shuningdek uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o’zi aniqlaydi. Bilvosita investitsiya - bu investitsion yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalash. Sof investitsiyalar – bu ma’lum davr uchun yalpi investitsiyalar summasidan amortizatsiya ajratmalari summasini ajratib tashlangan qismi tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |