Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real investitsiya
2.2.Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi. Birinchidan, qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko’ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflangan: qo’yilma ob’ektlariga ko’ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo’yicha; mulkchilik shakllari bo’yicha; hududiy belgisi bo’yicha Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qoʻyilmalar. Intellektual investitsiyalar — mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xau berish, mualliflik huquqi va boshqalar. Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi: Ichki investitsiyalar. Tashqi investitsiyalar. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling