Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


- Mavzu: Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati


Download 1.8 Mb.
bet8/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

3- Mavzu: Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati .


REJA

  1. Investitsiya faoliyatining ahamiyati va zarurligi. Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari, ob’ekti va sub’ektlari.

  2. Investitsiya siyosati, uning mazmuni va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni.

  3. Davlat investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari.




  1. Investitsiya faoliyatining ahamiyati va zarurligi. Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari, ob’ekti va sub’ektlari.

Investitsiya faoliyati – bu investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmuidir. Investor – bu o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi – bu investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’ektidir. Reinvestitsiyalar esa investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritishdir.
Investitsiya faoliyati o’zining ob’ekti va sub’ektlariga ega bo’ladi. Investitsiya faoliyati ob’ekti tarkibida investitsiya resurslari ham kiradi. Moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari investitsiya faoliyatining ob’ektlaridir. Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- pul va boshqa moliyaviy mablag’lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;
- ko’char va ko’chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
- intellektual mulk ob’ektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau;
- yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ular dan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.
Quyidagilar investitsiya faoliyatining sub’ektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo’lishlari mumkin:
- O’zbekiston Respublikasining rezidentlari - fuqarolari (jismoniy shaxslari), yuridik shaxslari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari;
- xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va O’zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari;
- hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshiraqtgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar.
Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo’lishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo’lishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo’lishlari mumkin.




  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling