Mavzu: Investitsiyaning mohiyati manbalari va shakllari. Mundarija kirish reja


Download 0.55 Mb.
bet7/10
Sana24.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1292707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Investitsiyaning mohiyati manbalari va shakllari. Mundari

bo`yicha taqsimlanishi
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiyot tarkibini modernizatsiyalashga qaratilgan hukumat siyosati, shuningdek, 2008 yil Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi choragida investitsiyalar hajmining 41 foizga o‘sishini ta’minladi. Asosiy kapitalga investsiyalar hajmi yanvar-mart davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 punktga ortib, 1622,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayoni nodavlat sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushining 18,6 punktga o‘sishiga olib keldi va iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jami investitsiyalarning 76,5 foizni tashkil qildi (4.1- jadval).
Asosiy kapitalga investitsiyalarning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (%).
4.1-jadval.


17/I

18/I

Asosiy kapitalga investitsiyalar

100

100

Davlat mulki

42,1

23,5

Nodavlat mulki

57,9

76,5

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotning liberallashuvi investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan mablag‘larning ulushi 2017 yil I кварталдаги 34,2 foizdan joriy yilning birinchi choragida 22,6 foizgacha qisqardi. Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan mablag‘larning ulushi 8,5 punktga, hukumat kafolati ostida olingan xorijiy kreditlar ulushi esa 0,6 punktga kamayib, hisobot davrida o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmiga nisbatan mos ravishda 8,9 % va 6,3 %ni tashkil etdi. Joriy yilning birinchi choragi davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning Asosiy moliyalashtirish manbasi bo‘lib korxonalarning o‘z mablag‘lari xizmat qildi. Ularning umumiy investitsiyalardagi ulushi 10,8 punktga ortib, 54,3 foizni tashkil etdi


Korxonalarning moliyaviy barqarorligi oshishiga iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirishga doir qabul qilingan chora-tadbirlar, shuningdek, 2018 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan yangi Soliq Kodeksining joriy etilishi ta’sir etdi.
Moliyalashtirish manbalari tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ijobiy tendensiyalar bilan o‘sishi yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar natijasida ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularning o‘sishini tezlashtirdi. Joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida 11,4 foizni tashkil etdi va 2007 yilning I чорагига nisbatan 1,4 punktga ortdi.2021- yilning yanvar-martida investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini (sanoat, transport, aloqa) rivojlantirishga yo‘naltirildi, bu ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 72,6 foizgacha o‘sishiga zamin yaratdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 61,0 foizni tashkil etgan edi (4.2-jadval). Mazkur tarmoqlarning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish infrastrukturasining shakllanishini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi (% hisobida). 4.2-jadval


17/I

18/I

Jami

100

100

Ishlab chiqarish sohasi

61,0

72,6

Sanoat

23,0

27,7

Qishloq xo‘jaligi

2,5

1,9

Qurilish

1,1

0,9

Transport va aloqa

27,6

30,5

Savdo va umumiy ovqatlanish

2,2

1,5

Boshqa sohalar

4,6

10,2

Ijtimoiy soha

39,0

27,4

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi

Transport va aloqa sohasida asosiy kapitalga investitsiyalar 2,9 punktga ortdi. Ularning jami kapital qo‘yilmalardagi ulushi 30,5 foizga yetdi. Qishloq xo‘jaligining umumiy kapital qo‘yilmalardagi ulushi 0,6 punktga qisqarib, 1,9 foizni tashkil etdi.


Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar sanoatdagi investitsion talabning ortishiga olib keldi. Yanvar-martda sanoatga jalb etilgan investitsiyalar ulushi 4,7 punktga ortdi va jami kapital qo‘yilmalarning 27,7 foizini tashkil qildi. Investitsiyalarning Asosiy qismi yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish mollari sanoatiga to‘g‘ri keldi.
Yoqilg‘i sanoatiga kiritilgan investitsion resurslarning ulushi Sanoat rivojiga yo‘naltirilgan jami kapital mablag‘larning 59,6 foizini tashkil qildi. Qurilish materiallari sanoatiga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushining 2,4 punktga o‘sishi bilan uning hajmi sanoatga jalb etilgan jami investitsiyalar tarkibida 5,2 foizgacha yetdi (4.3- jadval).
Asosiy kapitalga investitsiyalarning sanoat va qurilish tarmoqlari bo‘yicha tarkibi
(% hisobida).
4.3-jadval


17/I

18/I

Sanoat – jami

100

100

Elektroenergetika

8,8

6,1

Yoqilg‘i sanoati

32,8

59,6

Metallurgiya

17,0

14,2

Mashinosozlik

9,0

5,0

Yengil sanoat

7,8

3,2

Oziq-ovqat sanoati

14,1

2,7

Kimyo va neftekimyo sanoati

3,8

2,0

Qurilish materiallari

2,8

5,2

Boshqa tarmoqlar

4,0

2,0

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi

2021- yilning birinchi choragi davomida “Djeneral motors Uzbekistan” QKda “Neksiya-2” rusumidagi Yangi avtomobil modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 105 ta ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, shu jumladan, Pamuk konida siquv kompressor stansiyasi, “Tagus tekstil” QK, “Samo Sherteks”, “Bay-pak” XK kabi tekstil korxonalari, un ishlab chiqarish bo‘yicha “Qiziriq Zarafshon un” va shifer ishlab chiqarish bo‘yicha “Quvasoy qurilish” MCHJ kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari o‘z faoliyatini boshladi.
Hisobot davrida 10 ta muhim tarmoq va sanoatning yirik korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish davom ettirildi. Birinchi chorak davomida asbob-uskunalar olib kelish va qurilish ishlariga jami 160,85 mln. doll. yoki davr prognozining 203,8 foizi miqdorida moliyalashtirish amalga oshirildi.
Joriy yilning birinchi choragi davomida Asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, xorijiy investitsiyalarning 95,7 foizi ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirildi. (4.3- jadval).
Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi (%). 4.4-jadval


17/I

18/I

Jami

100

100

Ishlab chiqarish sohasi

91,5

95,7

Sanoat

30,5

38,8

Qishloq xo‘jaligi

5,0

1,8

Qurilish

0,1

0,1

Transport va aloqa

54,6

22,4

Savdo va umumiy ovqatlanish

0,5

0,1

Boshqa sohalar

0,9

32,5

Ijtimoiy soha

8,5

4,3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi

Xorijiy investitsiyalar tarkibidagi o‘zgarishlar, o‘z navbatida, sanoat tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar tarkibining o‘zgarishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. YO-qilg‘i sanoatiga yo‘naltirilgan xorijiy investitsilar 76,7 foizgacha, elektroenergetikaga jalb etilgan investitsiyalar 4,8 foizgacha o‘sdi (4.5- jadval).
Асосий kapitalga xorijiy investitsiyalarning sanoat va qurilish tarmoqlari bo‘yicha tarkibi (% hisobida). 4.5- jadval. 


17/I

18/I

Sanoat – жами

100

100

Elektroenergetika

0,0

4,8

YOqilg‘i sanoati

4,4

76,7

Metallurgiya

0,1

3,5

Mashinosozlik

20,2

1,3

Yengil саноат

16,5

6,8

Oziq-ovqat sanoati

52,0

1,6

Kimyo va neftekimyo sanoati

3,4

0,7

Qurilish materiallari

1,2

3,2

Boshqa tarmoqlar

2,1

1,4

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi.

Metallurgiya sanoatiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar ulushi 3,4 punktga, qurilish materiallari sanoatiga jalb qilingan investitsiyalar hissasi 2,0 punktga ortdi. Ularning hajmi birinchi chorak davomida саноат rivojiga qaratilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida 3,5 foizga va 3,2 foizga ko‘paydi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling