Mavzu: Investitsiyaning mohiyati manbalari va shakllari. Mundarija kirish reja
Download 0.55 Mb.
|
Mavzu Investitsiyaning mohiyati manbalari va shakllari. Mundari
Xulosa va Takliflar
Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamg’arish, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar alohida korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim o’rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita ta’sir ko’rsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashda investorlarning bevosita o’zlari investitsiya qo’yilmalarini u yoki bu investitsiya ob’ektlariga kiritadilar. Bu faoliyatni investitsiyalanayotgan ob’ekt haqida chuqur ma’lumotga ega bo’lgan va investitsiyalash mexanizmlarini bilgan ixtisoslashgan investorlar amalga oshiradilar. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiya-larning ahamiyati yuqorligi ularni keng ko’lamda jalb etishga, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad shartnoma ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo’lishga, boshqarish tajribasini egallashga, sotish bozorlarini o’rganishga, tashkiliy bilimlarni egallash va boshqalarni o’zlashtirishga qaratiladi. Bunda eng muhimi jahon bozoriga o’z mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi bo’lishdir. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur’atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog’likdir. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar xorij kapitalining uzoq muddatga joylashtirilishini, investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsiyadorlik kapitaliga to’la ega bo’lishi yoki kamida 10 foizi xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlashini anglatadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar: investorga investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan nazorat qilish huquqini beruvchi ishlab chiqarishga sarflangan uzoq muddatli xorijiy qo’yilmalarni; pirovard maqsadi foyda ko’rinishida daromad olishga qaratilgan tadbirkorlik kapitalining ustuvor shaklini; xususiy kapitalga asoslangan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni; xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan to’liq egalik qilishini; xorijiy investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustav kapitalining 10 %dan kam bo’lmagan qismi ustidan nazorat o’rnatishini; xorijiy investorning investitsiya kiritayotgan ob’ektlarni boshqarishda samarali qatnashishini; mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish hamda korxona ustidan nazorat xuquqini qo’lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakatini qamrab oladi va namoyon etadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling