Мавзу: ипотека фондлари: жахон амалиёти ва уни узбекистон шароитида кулланиши
Iqtisodiyotda ipoteka kreditining ahamiyati va uning zarurligi
Download 246.5 Kb.
|
Ипотека кредити. 25.02.19.
1.Iqtisodiyotda ipoteka kreditining ahamiyati va uning zarurligi
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o’tishning muhim tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Demografii statistika respublika aholisining bir zaylda o’sib borayotganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham hozirgi kundagi eng dolzarb iqtisodiy muammolardan biri aholining o’sib borayotgan uy-joy ehtiyojini qondirish hisoblanadi. Hozirgi paytda respublikada davlat uy-joy dasturi ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz raxbari tomonidan 2018 yil dekabrida Oliy majlisga qilingan Murojatnomada O’zbekiston Markaziy banki, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlariga 2019 yilda turmush sharoiti og’ir bo’lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi topshirildi. Unda tasdiqlanishicha mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalardan biri bo’lib qoladi. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi faoliyatini yanada kengaytirish zarur. 2019 yilda jamg’arma uchun 2 trillion so’mdan ziyod mablag’ ajratish va shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish o’rni yaratish lozim3. Shuni bugun katta mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz kerakki, mamlakatimizning qishloq xududlarida aholining turmush darajasini yanada yuksaltirish, qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o’zgartirish, qishloqda yashayotgan fuqarolar uchun munosib turmush sharoiti yaratish, odamlarning daromadi va farovonligini izchil oshirib borish, har bir insonga o’zining intellektual, kasb va ma’naviy salohiyatini ruyobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratib berish va shu asnoda qishloq xayoti sifatini, mazmun mohiyatini tubdan o’zgartirish masalalariga e’tibor qaratib kelinmoqda. Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgani sayin aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo’nalish – tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo’nalishi paydo bo’ldi. Ularning ulushi hozirgi paytda 8,5 foizni tashkil etmoqda. O’z mohiyatiga ko’ra, bu usul oila xo’jaligining asosiy kapital uchun mablag’ jamg’arishning samarali shakli bo’lib, xususiy mulk asosida o’z daromadlarini shakllantirish va ko’paytirish imkonini beradi. “Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko’p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo’lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko’p uy-joy qurilganini ko’ramiz. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo’lgan ko’pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017 yilning o’zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o’zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko’pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko’pdir” 4. Ipoteka kreditlari esa yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanishi darajasini oshiradi. Bularning barchasi yosh oilalarni moddiy va ruhiy jihatdan qo’llash, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va ularning turmush va maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Yosh oilalar uchun mo’ljallangan kreditlar nafaqat ularning kamroq miqdorda foizlar to’lashini, balki belgilangan imtiyozli davrda o’zlarining moddiy ahvollarining o’nglab olishlari uchun ham zamin yaratadi. Ammo so’nggi yillar tahlili shundan darak beradiki aholining uy – joyga bo’lgan talabi keskin ravishda oshib bormoqda. Narxlar indeksi deyarli o’n barobardan oshib ketdi. Mavjud holat aholining bank kreditlariga bo’lgan talabini ko’paytirib yubordi. Bu esa albatta O’zbekiston Respublikasi hukumati Markaziy banki va tijorat banklari rahbariyatidan chetga qolgani yo’q. Uy – joy bozoridagi holatni stabillashtirish va aholining bank kreditlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida «Ipoteka to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi5. Mazkur Qonun asosida 2007 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-sonli Qarori bilan «Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to’g’risida»gi Nizomning tasdiqlanishi ipoteka krediti bo’yicha huquqiy-me’yoriy bazani yanada mustahkamladi6. «Ipoteka-bu (grek tilidan tarjima kilinganda «garov» degan ma’noni beradi) ko’chmas mulk yoki er garovi ostida qarz berish hisoblanadi»7. Iqtisodiy adabiyotlarda hamda amaliyotda «ipoteka» atamasini bir qancha ma’nolarda ishlatish holatlari mavjud. Mazkur atamaga asosan «ko’chmas mulk ob’ektlarining garovi» hamda «ko’chmas mulk ta’minoti asosida berilgan bank ssudasi bo’yicha qarzdorlik» sifatida ta’rif berishgan. Ipoteka krediti – bu ko’chmas mulk, bino va inshootlar hamda er maydonlarini garovga olgan holda ko’chmas mulklarni sotib olish, ularni yangidan barpo etish yoki ta’mirlash, erlarni o’zlashtirish maqsadlarida ajratiladigan uzoq muddatli ssuda hisoblanadi8. Ipoteka krediti kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi ko’chmas mulk garovi asosida kredit ajratish munosabatlarini o’zida ifoda etadi. Ipoteka kreditining asosiy xususiyati uning anik belgilangan maqsadga ajratilishida nomoyon bo’ladi. U turar-joy va ishlab chikarish binolarini sotib olish, qurish ta’mirlash hamda er maydonlarini o’zlashtirish maqsadlarida ajratilishi mumkin. Ipotekaviy kreditlashni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini jonlantirish, o’zaro bog’liq halk xo’jaligining bir qancha tarmoqlarining muvofiq tarzda rivojlanishini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ipoteka kreditini rivojlantirish aholining turar-joyga bo’lgan talabini kondirish bo’yicha davlatning sotsial masalalarini echishda ahamiyati ayniqsa yuqoridir. Bundan tashqari ipoteka krediti uchun ichki investitsiyalar - aholi jamg’armalari va institutsional investorlarning mablag’lari jalb kilinadi. Bu esa iqtisodiyotning real sektorlarini, ayniqsa qurilish va u bilan bog’liq tarmoqlarni bilvosita moliyalashtirilishiga olib keladi. Natijada, davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvisiz yaroksiz uy-joy fondini almashtirish va tiklash hamda infrastrukturani rivojlantirish muammolari o’z echimini topadi. Bularning hammasi soliqka tortiladigan bazaning kengayishi va byudjetga soliqlar va yig’imlar shaklida tushumlarning ko’payishini rag’batlantiradi. Jahon tajribasidan ma’lumki, ipotekaviy kreditlashni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yaxlit holda rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Bugungi kunda ipoteka krediti orqali uy-joy sotib olish ko’pchilikni o’z mablag’larini tejagan holda asosiy vositalarni sotib olishga undayotgan qiziqarli kreditlash usuli bo’lib bormoqda. Bunga Prezidentimizning 2005 yil 16 fevraldagi "Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi va 6 maydagi "Ipoteka krediti berishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorlari ham ijobiy ta’sirini o’tkazgan deb aytsak noto’g’ri bo’lmaydi9. Ipoteka krediti berishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining asosiy vazifalari etib ipoteka krediti berishni rivojlantirish uchun halqaro va xorijiy moliya institutining uzoq muddatli kreditlari, investitsiya, jamg’arma mablag’larini to’ldiradigan boshqa mablag’larini jalb etish, ipoteka krediti berishda ishtirok etadigan tijorat banklar yakka tartibda qarz oluvchilarda o’z ehtiyojlari uchun uy-joylar qurish, xarid qilishga kreditlar berish uchun ana shu banklarga shartnoma asosida kredit liniyalar ochish, jamg’arma tomonidan banklarga beriladigan mablag’lardan faqat maqsadli ravishda foydalanishni ta’minlash belgilandi. Ushbu vazifalaridan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi qarorlarda tijorat banklarining ipoteka kreditining eng muhim xususiyatlarini to’ligicha qamrab olishi mo’ljallangan. Ularda ipoteka krediti rivojlangan ayrim xorijiy davlatlar ipoteka institutlaridan ham farqlirok va ijobiy tomonlari mavjud. Xususan, uy-joy bozorining rivojlanishi hamda raqobatdoshligini ta’minlashni kompleks qo’llab-kuvvatlash maqsadida zamonaviy hamda talab yuqori bo’lgan qurilish materiallari ishlab chikaruvchi korxonalarni ham kredit bilan ta’minlash vazifasi respublikamizda keng tarkalgan qurilish materiallari ishlab chikaruvchi korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bugungi kunda Respublikaning ichki qurilish bozori asosiy qurilish materiallari bilan muntazam ravishda ta’minlanib borilmoqda. Bundan tashqari, qurilish materiallari chetga eksport qilinmoqda. Xozirda «O’zqurilishmateriallari» AK tarkibida ja’mi 120 tadan ortiq yirik, kichik va o’rta biznes korxonalari faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularda 100 dan ortiq turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Bugungi kunda qishloq joylarda uy-joylar qurilishida 62 turdagi mahalliy qurilish materiallari va buyumlari ishlatilmoqda va ushbu ko’rsatkich umumiy ishlatiladigan materiallarning 89,8 foizini tashkil qiladi (devorbop materiallar, gipskarton, quruq qorishmalar, bo’yoqlar, plastmassali derazalar, eshiklar, linoleum, plastikli qoplovchi panellar, tsement, ohak, armatura, mixlar va hokazo). «O’zqurilishmateriallari» AK tizimidagi korxonalar tomonidan ushbu uy-joy qurilishi uchun tsement va oyna mahsulotlari deklaratsiyalangan narxlarda va boshqa turdagi qurilish materiallarini etkazib berilmoqda (devorbop materiallar, quruq qurilish qorishmalari, sanitar-texnik keramika buyumlar, keramik plitkalar, gidroizolyatsion materiallar, plastik truba va fitinglar, platik panellar, oxak, gips, va boshqalar). Ushbu qabul kilingan qarorlar nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilganligidan tashqari o’zining yaqqol amaliy echimlari bilan ham ahamiyatli bo’ldi. Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling