Mavzu: Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari Kirish Reja
Iqtidorli o‘quvchilarni faoliyatini rivojlantirish loyihasi
Download 35.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari
Iqtidorli o‘quvchilarni faoliyatini rivojlantirish loyihasi
• O‘quvchilarning munosabatga kirishish qobiliyatini rivojlantirish; • O‘quvchilarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish • O‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash qobiliyatini kuchaytirish • O‘quv faoliyatiga qiziqishni kuchaytirish • Xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish • O‘quvchilarda og‘zaki va leksik ko‘nikmalarni rivojlantirish Iqtidorli o‘quvchilar bilan faoliyat yuritish turlari: Iqtidorli o‘quvchilar guruhini tashkil qilish; Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish; Qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish; Fakultativ darslar tashkil etish; Tanlovlar va olimpiadalarda ishtirok etish; Shaxsiy reja asosida faoliyat yuritish; Individual konsultatsiyalar tashkil etish; Ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish; Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchi: Ziyrak va zukko bo‘lish; Iqtidorli bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi xamda ularning talab va qiziqishlarini his qila olishi; Ta’lim soxasida tajribaga ega bo‘lishi; Yuqori intellektual salohiyat egasi bo‘lishi; Mahoratli va dunyoqarashi keng bo‘lishi; Iqtidorli bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq xar qanday majburiyatni bajara olishi; Tabiatan faol va kirishimli bo‘lishi; Izlanuvchan va doimo o‘z ustida ishlashi; Ijodiy fikr yuritish, noan’anaviy dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur. 4. Fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari Hozirgi kunda ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi barchamizga ma’lum. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ularning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish belgilab berilgan. Shu ma’noda akademik litseyda tahsil oladigan o‘quvchilarni ilm- fanga yunaltirish, iqtidorli va iste’dodli o‘quvchi yoshlarning iqtidori va iste’dodini yanada shakllantirish borasida keng amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi bolani butun bir ta’lim tizimining markaziga qo‘yadi va unga tabiatan berilgan o‘z qobiliyatini ro‘ѐbga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiyaning muhim tarafi ta’lim jaraѐnidagi bolaning o‘rni va unga kattalarning munosabatidir. Bunda bolani ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi, uning o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoѐn etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o‘z amaliy faoliyatida sinab ko‘rish, yangi g‘oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar yechimining samarali yo‘llarini qidirish uchun erkinlik berish, bolaning ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday bola o‘ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi. Tarbiyachi mashg‘ulot jaraѐnida bolalar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, dialog, evristik suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday shart- sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada bola uchun dastlab neytral bo‘lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv hususiyat kasb etsin. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ularga fanlar bo‘yicha amaliy yordam berishda muammolar ham yo‘q emas. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tajribasiga asoslangan holda muammolarni hal qilishda quyidagi vazifalarni bajarish samarali natija beradi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashdagi muammolar Iqtidorni aniqlay olmaslik; Uslubiy adabiyotlarning mavjud emasligi; Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda vaqtning yetishmasligi; O‘quvchilarning o‘ta bandligi; Ma’lum bir fan bo‘yicha bilimlarning chuqur o‘rgatilishining mohiyatini o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri baholay olinmasligi Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar Nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish uchun kerakli ko‘rsatmalarni berish; Iqtidoridan kelib chiqqan holda fanlar bo‘yicha “Iqtidorli o‘quvchilar maktabi” ni tashkil etish Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni uzviy, uzluksiz tizimda tashkil etish. O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida dastur yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida testlar bazasini yaratish va interfaol metodlardan foydalanish zarur. Masalan: Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling