Mavzu: Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlash usullari


Makroiqtisodiy prognozlash modellari


Download 29.69 Kb.
bet4/6
Sana21.09.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1684139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlash usullari

5 Makroiqtisodiy prognozlash modellari.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlarni tuzishda iqtisodiy – matematik modellar keng qo‘llaniladi. Bularga bir va ko‘p omilli iqtisodiy o‘sish modellari, MD ni taqsimlash modellari, tarkibiy tarmoq va asosiy fondlarni qayta tiklash modellari, investitsion oqim harajati modeli, turmush darajasi va iste‘mol tarkibi modellari, kengayib borayotgan eko siyosat modeli, ish haqi va daromadlarni taqsimlash modellari kiradi.
Хalq xo‘jaligi balansini prognozlashlashtirishni mukammalashtirishning muhim yo‘nalishi iqtisodiy o‘sishning asosiy parametrlarini prognozlashtirishni verifikatsion- statistik yondashish dinamik vaqt qatori ma‘lumotlaridan maksimal foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan mosligini va baholanayotgan sharoitlar ma‘nosini tekshirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy prognozlashtirish makroiqtisodiy modellar tizimida bu usuldan foydalanish xalq xo‘jaligining balanslashtirilganligi, tarkibiy va omilli jihatlarini o‘rganish va ularning optimallik prinsipi asosida sintezlash bilan bogliq.
Хalq xo‘jaligi balanslashtirilgan omili jihatidan mahsulotni chiqaruvchi ob‘ekt hamda ishlab chiqarish omillari harajatlari (asosiy fondlar va mehnat resurslari)orasidagi bogliqliqqa asoslanadi. U ishlab chiqarish omillari orasida ma‘lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlab turuvchi proporsiyani aniqlashga borib taqaladi.
Balanslashtirilganlik (vaqt oraligi) jihati ishlab chiqarish omillari sarflarini vaqt bo‘yicha taqsimlash va ular o‘zaro bog‗liqligida erishiladigan samaraga asoslanadi. Asosiy vaqt oralig‗i xususiyatlari asosiy fondlarni qayta tiklash bilan bog‗liq. Vaqt oraligida balanslashishga erishish uslubi harajatlar va ular keltiradigan samaraning kechikib kelishini hisobga oladigan tenglamalardan foydalanishga asoslangan hamda asosiy fondlarni, takror ishlab chiqarish jarayonini aniqlovchi vaqt oralig‗iga bog‗liq ko‘rsatkichlarning o‘sish suratini hisobga olish bilan bog‗liq. Ushbu usul asosiy fondlarning qayta ishlab chiqarish jarayonini, vaqt oralig‗i xususiyatlarini ifodalovchi, narx indekslarini, kapital quyilmalar va asosiy fondlarning tushish va chiqib ketish manbalari va miqdorini hisoblash va kechikish usullari bilan farqlanuvchi modellar guruhini tuzish imkonini beradi.
Balanslashtirilganlikning tarkibiy jihatidan ijtimoiy qayta ishlab chiqarishni birinchi va ikkinchi bo‘limlari orasidagi proporsiyalar hamda tarmoqlararo tarkibiy modellar ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish qo‘yilmalari va mehnat resurslarining tarmoq strukturasini prognozlash tizmidan keng foydalaniladi.

Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling