Mavzu iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik 1-§. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari 2-§. Iqtisodiy o‘sishning omillari


–chizma. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar


Download 138.42 Kb.
bet4/8
Sana18.11.2023
Hajmi138.42 Kb.
#1784624
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik 1-§. Iqtisodiy o‘sishnin

4–chizma. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar.

4-chizmadan ko‘rinadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin:


1) resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan.
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiyotida band bo‘lganlarning 30%ga yaqini oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Lekin oliy va yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bo‘yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va ko‘pchiligi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat turida band emas. SHu sababli keyingi yillarda respublikamizda maktab, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida ta’lim berishning progressiv tizimlari joriy qilinmoqda, kasb-hunar kollejlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda»1.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. SHu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.



Download 138.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling