Mavzu: Iqtisodiy osishni taminlashda mehnat bozori va bandlik Reja


Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi


Download 26.82 Kb.
bet3/5
Sana18.03.2023
Hajmi26.82 Kb.
#1279938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jasur

3. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi.

Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos afzalliklari bilan bir qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud, jumladan: - takror hosil qilib bo’lmaydigan resurslardan samarali foydalanishga e‘tibor berilmaydi; - atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari mavjud emas; - jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni qo’llabgaquvvatlamaydi; - monopoliya paydo bo’lishi muammosini hal qila olmaydi; - fanda fundamental tadqiqotlarni ta‘minlab bera olmaydi; - ishsizlik va inflyatsiya muammolarini hal qila olmaydi; - daromadlarning adolatli taqsimlanishini ta‘minlab bera olmaydi; - iqtisodiyot siklik rivojlanish tendensiyasiga ega; Mana shu kamchiliklarni yumshatish uchun ham davlat iqtisodiyotni tartibga solib borishi kerak. Ayniqsa 2008-yilning ikkinchi yarmida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi buni yana bir bor tasdiqladi. Davlat bozor mexanizmlarining ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim. Bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulk bo’lganligi uchun davlat, birinchi navbatda xususiy mulkning daxlsizligini ta‘minlab berishi kerak. Xususiy mulk kafolatlanmasa bozor samarali ishlay olmaydi. Davlat mikro darajada bozor muvozanatiga soliqlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar bilan ta‘sir qiladi. Davlatning iqtisodiyotga mikrodarajada aralashuvi odatda zararga olib keladi. Ammo quyidagilar mikrodarajada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini talab qiladi.: a) ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish zarurati; b) vaqt o’tishi bilan raqobat susayib monopoliyaga olib kelish xavfi; Davlat asosan makromuammolarni hal qilishi zarur. Shuning uchun asosiy e‘tiborni davlatning makroiqtisodiyotdagi roli va vazifalariga to’xtalamiz. Iqtisodiyotni tartibga solishda hukumatning uch tarmog‗i - qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va sud (konstitutsion sud, adliya tizimi) hokimiyatlari katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, monetar siyosatni yuritish va pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ham o’z o’rni bor. Jamiyat rivojlanishi bilan davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli va funksiyalari o’zgarib boradi. O’rta asrlarda siyosiy, diniy, harbiy vazifalar birinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Sof raqobat sharoitida davlatning funksiyasi faqat xususiy mulk va bozor mexanizmining ishlashiga sharoit yaratishdan iborat bo’lgan. Totalitar iqtisodiyotda esa davlatning jamiyatdagi o’rni va roli tubdan o’zgardi. Unda davlat butun iqtisodiyotni o’z qo’liga olishga harakat qiladi. U korxonaning ichki ishlariga nafaqat aralashadi, balki o’z qo’liga olib boshqaradi va nazorat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi o‘rni tubdan o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning maqsadini uch so’z bilan ifodalash mumkin: a) rag‗batlantirish; b) barqarorlashtirish; d) adolatni ta‘minlash. Shu maqsadga erishishda davlatning quyidagi funksiyalari kelib chiqadi: a) qonun chiqarish. Bozor iqtisodiyoti bir maromda rivojlanishi uchun avvalo zarur bo‘ladigan me‘yoriy-huquqiy bazani yaratish zarur. Buning uchun zarur bo‘lgan me‘yoriy hujjatlar qabul qilinishi kerak. Mazkur me‘yoriy hujjatlar davlatning tegishli organlari tomonidan qabul qilinadi va ularga amal qilinishi nazorat qilinadi. - b) raqobatni himoya qilish. Agar davlat raqobat sharoitini ta‘minlab turmasa, uni himoya qilmasa, korxonalar monopol pozitsiyaga ega bo’lishga intilib, monopoliyani vujudga keltiradi. Shuning uchun davlat raqobat sharoitini himoya qilishi kerak. Bundan tashqari, davlat tomonidan yuritiladigan antimonopol siyosat va uning asosi bo’lgan antimonopol qonunchilik ham muhim ahamiyatga ega. d) tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish. Davlat mudofaa, maorif, fan va boshqa sohalar uchun tovar va xizmatlarni oldi-sotdi qiladi. e) ishlab chiqarish. Hamma davlatlarda ishlab chiqarishning anchagina qismini (10 -12 % eng rivojlangan davlatlarda, qoloq davlatlarda esa ancha ko’p) o’z qo’liga olgan. Masalan, oltin qazib chiqarish, uran, ayrim harbiy texnikalar, elektroenergiya va hokazolar davlat monopoliyasidadir. f) ijtimoiy adolatni ta‘minlash. Davlat jamiyatda bozor taqsimlagan daromadning anchagina qismini qayta taqsimlashni o’z zimmasiga oladi. U har xil transfert to’lovlarini (pensiya, stipendiya, nafaqa) to’laydi. Shu yo’l bilan kam daromad ko’radiganlarni bozor stixiyasidan qisman himoya qiladi. g) soliq solish. Davlat transfert to’lovlariga mablag‗ topish uchun hamda o’zining boshqa funksiyalarini bajarish uchun mablag‗ga ega bo’lishi kerak. Bu mablag‗ni esa davlat aholi va korxonalarga har xil soliqlar solish orqali yig‗adi. Davlatning xarajatlari tez o’sib bormoqda, buni esa asosan soliq bilan qoplashga to’g‗ri keladi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida 1929 yilda davlat xarajatlarining YaMM dagi hissasi 3% tashkil etgan. 1985 yilda esa 25% ni tashkil etgan, ya‘ni davlat xarajatlari YaMM ga nisbatan juda tez o’smoqda. h) iqtisodiyotni barqarorlashtirish. Bu avvalombor bozor iqtisodiyotining uchta kamchiligiga - ishsizlik, inflyatsiya, siklli rivojlanishga qarshi kurashishdir. Davlat o’z vakolatlarini bajarib, soliqlar va davlat xarajatlari ustidan nazorat o’rnatib, iqtisodiyotdagi pul hajmini nazorat qilib, iqtisodiy sikl tebranishlariga, ishsizlikning va inflyatsiyaning pasayishiga harakat qiladi. i) iqtisodiyotni tartibga solish. Davlat hozirgi davrda o’z mamlakati iqtisodiyotini jadal o’sish, boshqa davlatlardan orqada qolib ketmasligi uchun, avvalombor, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashi kerak. Texnika, texnologiya va fanda chuqur siljishlar sodir qilish, chuqur tarkibiy qayta qurishlar, fundamental ilmiy izlanishlarini rivojlantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini jahon iqtisodiyotining salbiy ta‘sirlaridan himoya qilishi kerak.

Download 26.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling