Mavzu: Iqtisodiy osishni taminlashda mehnat bozori va bandlik Reja


Download 26.82 Kb.
bet5/5
Sana18.03.2023
Hajmi26.82 Kb.
#1279938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jasur

XULOSA. Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.


Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, uning sub’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mehnat bozorida axborotlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur.
Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik va mehnat sohasida fuqarolarni o‘z-o‘zini himoyalashning qo‘llab-quvvatlashini o‘z ichiga oluvchi huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni saqlash, normativ aktlar va ularni mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar va ijtimoiy-mehnat muammolarining yechimi uchun zaruriy ma’lumotlarni ta’minlashi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.
2.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.

3. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.


4. O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida” Qonuni. “Xalq so‘zi”, 2004. 11 fevral, №29.
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”, 2009.
6. Arabov N.U. Mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishi. 08.00.10.- “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
Download 26.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling