Mavzu: iqtisodiy o'sishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi va modeli
Download 178.44 Kb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY O\'SISHNING MOHIYATI, ASOSIY TAVSIFNOMASI VA MODELI
MAVZU: IQTISODIY O'SISHNING MOHIYATI, ASOSIY TAVSIFNOMASI VA MODELI Reja: 1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi 2. Iqtisodiy o’sish omillari va tiplari 3. Iqtisodiy o’sishning modeli Iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendentsiyasini anglatadi. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o’sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. SHu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan o’lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YaIM ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YaIM o’rniga SIM, YaMD, SMD ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtismodiy o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo’linishiga bog’liq deb qaraladi. Iqtisodiy o’sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o’lchanadi. Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi sur’atlarini, ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o’sish omillari deyiladi. Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh omillari ihtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: • tabiiy resurslar soni va sifati; • mehnat resurslari soni va sifati; • asosiy kapital hajmi; • texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish; • jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi. Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi: • bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; • iqtisodiyotdagi soliq muhiti; • kredit-bank tizimi samaradorligi; • iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o’sishi; • eksport hajmining o’sishi; • iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; • daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. Agar o’sish qo’shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o’rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi. YaIMning o’sishi iqtisodiyotda band bo’lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bo’lsa intensive iqtisodiy o’sish ro’y beradi.“Iqtisodiy o’sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog’liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko’zda tutadi. Iqtisodiy o’sishning bu ikki tipi sof holda ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq ekstensiv, yoki ko’proq intensive bo’lishi mumkin. Iqtisodiy o’sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 1) ularning barchasi Keynsning yalpi talb to’o’risididagi bosh g’oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; 2) iqtisodiy o’sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; Keynscha iqtisodiy o’sish modelidan soddarog’i 40-yillarda Ye. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. Ye.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko’rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . SHunday ekan, yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning o’sishiga teng bo’lishi uchun investitsiyalar qanday o’sishi kerak degan savol paydo bo’ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o’z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi: 1) taklif tenglamasi; 2) talab tenglamasi; 3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo’shimcha o’sishini ko’rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o’ssa, yalpi ishlab chiqarish DK α miqdorga o’sadi: Download 178.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling