Mavzu: iqtisodiy siyosat braziliya davlati misolida


Download 0.85 Mb.
bet4/7
Sana24.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1393502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BRAZILYA IQTISODIY SIYOSAT

Braziliya Federativ
Respublikasi
Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi
eng ulkan tropik mamlakat. U maydonining kattaligiga
(8557 ming km2 ) ko’ra ham, aholisining soniga
(187 mln 2006 y) ko’ra ham dunyoda 5- o’rinda turadi.
Braziliyaga portugallar 1500 yilda kirib kelgan. Mamlakat Portugaliyaning 300 yil davomida mustamlakasi bo'lib keldi.
Braziliya 1822 yilda mustaqillikka erishdi. 1888 yilga kelib qullik bekor qilindi. 1889 yilda monarxiya ag'darib tashlandi va respublika e'lon qilindi.
Xozirgi vaqtda Braziliya-federativ respublika. Konstitut siyaga ko'ra davlat, hukumat, Oliy bosh qo'mondon prezident hisoblanadi. Mamlakat ma'muriy xududiy tuzilishiga ko'ra 23 shtat, 3 hudud va Federal okrugdan iborat.
So'nggi yillarda rivojlangan mamlakatlardan ilg'or texnologiyalarning, sarmoya va kreditlarning iqtisodiyotga jalb qilinishi natijasida Braziliya zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini barpo etishda katta yutuqlarga erishildi, shuningdek agrar mamlakatdan industrial mamlakatga aylandi.
Braziliya rivojlanayotgan mamlakat bir qancha tipologik jihatlarga ko'ra «yangi industral mamlakatlar» (Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya va Tayvan bilan birgalikda) guruxiga kiritiladi, lekin Moskva Davlat Universiteti geograf olimlari mamlakatlarni «Tayanch rivojlanayogan mamlakatlar» guruhiga kiritadi.
Braziliya uchun sanoat ishlab chiqarishining yuqori hududiy konsentrasiyalashuvi (mujassamlashuvi) xosdir. Jami asosiy sanoat mahsulotlarining 80 foizini mamlakatning janubi-sharqida joylashgan San-Paulu, Rio-de-Janeyro va Minas-Jerays shtatlarida ishlab chiqariladi. Mamlakat temir rudasi, apatit, niobiy konsentratlari ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi, berilliy qazib chiqarish bo'yicha ikkinchi, boksit, grafit va tantal konsentratlari qazib chiqarishda uchinchi, oltin, asbest va qalayi qazib olishda to'rtinchi o'rinni egallaydi. Mamlakatda yiliga 150 mln tonnadan ortiq temir rudasi qazib olinmoqda, shundan 120 mln tonnasi tashqi bozorga eksport qilinadi.
Braziliya sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi.
2-jahon urushidan keyin Braziliya iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60 - yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xoʻjaligidan oshib keta boshladi.
Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Braziliya tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar — niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. 
Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90 % GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr stansiyalar mavjud.
Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi.
Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va boshqalar) Braziliya uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.
Mamlakat maydonining 3,5 % ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va janubi sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling