Mavzu: Iqtisodiy tahlil metodlari Reja


Iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalari


Download 41.29 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1541733
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari

2.Iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalari.
Tahlilning maqsadi bo’lib,xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarining natijalarini, birinchi navbatda, uning zaif va oqsoq tomonlarini chuqur o’rganib, xo’jalikning iqtisodiyotini ya’nada mustahkamlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi. Mavjud imkoniyatlarni aniqlash orqali qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’raytirish va ularning sifatini oshirish, tannarx va mehnat sarfini kamaytirish, barcha resurslardan foydalanish darajasini oshirish, oqibatda pirovard natija – foydani ko’paytirish mumkin. Bu esa, o’z navbatida, har bir xo’jalik iqtisodiyotini, qolaversa, mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy tahlilning asoslarini o’rganish ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.. Taxlilning vazifalari bo’lib,. quyidagilar hisblanadi: 1. Xo’jalikning biznes rejasini tuzish uchun zarur bo’lgan ob’yektiv hisobot ma’lumotlari bilan ta’minlash; 2. Xo’jalikning ta’minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarining natijalarini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlar bo’yicha biznes rejaning bajarilish darajasi yoki dinamikasi o’zgarishini o’rganish; 3. Har bir jarayon natijasi o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda har birining ta’siriga baho berish; 4. Xo’jalikda mavjud bo’lgan tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish; 5. Korxonani samarali boshqarish uchun ilmiy asoslangan tahliliy axborot manbalarini yetkazib berish. Iqtisodiy tahlil fani ko’p fanlar bilan,birinchi navbatda iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladi.Iqtisodiy tahlil falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarishni tashqil etish, moliya,matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladi. Materialistik dialektika konunlariga asoslangan holda iqtisodiy tahlilda o’ziga xos maxsus usullar ishlatiladi. Ushbu usullar yig’indisi iqtisodiy tahlil metodi deb ataladi. Uni to’liqroq quyidagicha tariflash mumkin. Iqtisodiy tahlil metodi. Iqtisodiy tahlil predmetini kompleks o’rganishda qo’llaniladigan usullar majmuasi iqtisodiy tahlil fanining metodi bo’lib hisoblanadi Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar o’z navbatida iqtisodiy-statistik va iqtisodiy-matematik usullarga bo’linadi. Keng tarqalgani iqtisodiy sitatistik usullardir. Bularga solishtirish, farqlash, guruhlash, zanjirli bog’lanish, indeks kabi usullarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy matematik usullar ham qo’llaniladi. Shular jumlasiga korrelyasiya, dispersiya, integral usullarini ko’rsatish mumkin. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi. Metodologiya deganda fanning predmetini o’rganishda qo’llaniladigan dialektik va tizimiy yondashuvlar hamda kategoriyalar va usullar majmuasi tushuniladi. Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslarini ifodalovchi kategoriyalar quyidagilardir: induksiya va deduksiya, makon va zamon,analiz va sintez,shakl va mazmun,sabab va oqibat,miqdor va sifat. “Olam va odam” tizimida dunyoni anglash, sub’yekt va ob’yektlar orasidagi munosabatlar dialektikasi “Bilish nazariyasi” orqali namoyon bo’ladi. Bilish nazariyasi orqali jamiyatda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisa va jarayonlarning o’zaro aloqasi va bog’liqligi, harakati va o’zgarishi o’rganiladi, baho beriladi hamda ular orasidagi qonuniyatlar ochilib, xulosalar chiqariladi. Bilish nazariyasi barcha fanlar uchun ham nazariy, ham uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o’zo’zidan sodir bo’lmaydi, ular qandaydir omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Omillar deganda nima tushuniladi? Omillar deganda natijaning paydo bo’lishi va uning o’zgarishiga sababchi bo’luvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi.Masalan,ishlab chiqarilgan paxta yalpi hosilining o’zgarishi bevosita paxta maydoni bilan hosildorligining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Demak., paxta maydoni bilan hosildorligik omillar bo’lib hisoblanadi. Omillar o’z navbatida miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi. Miqdoriy omillar deganda ekstensiv omillar tushuniladi. Sifatiy omillar deganda intensiv omillar tushuniladi. Ekstensiv omillar deganda natija o’zgarishiga ta’sir qiluvchi miqdoriy omillar tushuniladi.Bularga quyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin: ekin maydonining o’zgarishi,chorva mollari sonining o’zgarishi, xodimlar sonining o’zgarishi va hakozolar. Intensiv omillar deganda natija o’zgarishiga ta’sir qiluvchi sifat omillari tushuniladi. Bularga quyidagi ko’rsatkichlarni misol qilib ko’rsatish mumkin: hosildorlik,mahsuldorlik,mehnat unimdorligi, fond qaytimining o’zgarishi va boshqalar.



Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling