Mavzu: Iqtisodiy tahlil metodlari Reja


Download 41.29 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1541733
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari




Mavzu: Iqtisodiy tahlil metodlari


Reja:

Kirish……………………………………………………………2





  1. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va ob’yekti……3

  2. Iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalari……………………6

  3. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan an’anaviy usullar………….7

Xulosa………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….

Kirish
Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko’p asrlik tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan . Buxgalteriya hisobining paydo bo’lganiga 550 yildan, Statistikaga 350 yildan,Iqtisodiy tahlilga 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar 15 asrda paydo bo’lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi hujjat bo’lib, Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobi hisoblanadi1 . 17 asrning o’rtalarida Angliyada “Siyosiy arifmetika”nomli ilmiy yo’nalish paydo bo’ldi,Germaniyada “Davlatshunoslik”maktabi rivojlandi. Siyosiy arifmetika va Davlatshunoslik asosida Statistika vujudga keldi2 .1880- yillarda Rossiyada "Schetovodstvo" jurnali chiqaboshladi. Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo’ldi . Shu davrda «Balansshunoslik» fani yuzaga keldi. Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari o’z aksini topaboshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan deb hisoblanadi. Jamiyatda ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan bir qatorda moddiy nematlarni yaratuvchilar orasida raqobat ham kuchayib borgan. . Bu jarayon esa o’z navbatida korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashni, ya’ni birinchi navbatda, moliyaviy barqarorligini va to’lovga qodirligini mustahkamlashni hamda hisob-kitob ishlarining yaxshilanishini taqazo qila boshlaydi. Korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash va uni mustahkamlash uchun ko’riladigan chora-tadbirlarni amalga oshirishda balans malumotlari yetarli bo’lmasdan qoladi. Shuning uchun ham balans bilan bir qatorda ishlab chiqarish faoliyati natijalarini ifodalovchi hisobotlar vujudga kelaboshladi.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat berilaboshlandi.Unga qadar Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markaziy shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa va jarayonlar hamda ularning natijalari o’z aksini topmas edi.Shunga qoramasdan darslar o’tilib kelar edi.Ushbu nuqsonlarni tugatish maqsadida O’zbekistonlik olimlar 20-asrning 60 yillaridan boshlab, barcha fanlar va shu jumladan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ham jasurlik bilan ijod qilishga kirishdilar. O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fani bo’yicha qilingan ishlarning lo’nda mazmuni M.Q. Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”darsligida va A.V.Vahobov va boshqalarning “ Moliyaviy va boshqaruv tahlili”darsligida bayon qilingan.



Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling