Mavzu: iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni


Iqtisodiy tahlil va audit fanining maqsadi va vazifalari


Download 27.16 Kb.
bet2/5
Sana30.01.2024
Hajmi27.16 Kb.
#1816870
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni-fayllar.org

Iqtisodiy tahlil va audit fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi - biznes va boshqaruv sohasida iqtisodiyot sub’ektlarida iqtisodiy tahlilni qo‘llashning nazariy, uslubiy va amaliy mavzulari hamda masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, fanni o‘rganishning zamonaviy pedogogik, o‘quv-uslubiy, ilmiy va amaliy texnologiyalarga asoslangan holda ochib berishdan va uni usullari, auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborotlarining to‘g‘riligi va qonun hujjatlarga mosligi to‘g‘risida xolis va asosli fikrni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik amallarini bajarish bo‘yicha nazariy bilim berishdan iborat.
Fanni o‘qitishning asosiy vazifalari- ushbu fan bakalavriat talabalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tahlil etish vositalarini o‘rganadilar, tahlil jarayonida qo‘llaniladigan usullarni belgilash, tahlil ishlarini tashkil etish, tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishdan shuningdek korxonalarni iqtisodini boshqarishning, xo‘jalik jarayonlari, ularning samaradorligini va moliyaviy natijalarini baholashni, moliya - xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy tashhis qo‘yishning usullari haqida, auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan chuqur tanishtirish; auditorlik tekshiruvini tayyorlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishish, shartnoma tuzish, dastlabki kelishuvlarni amalga oshirish, auditning dastlabki rejasi va dasturini tuzish to‘g‘risida bilim berish; auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik hujjatlari va dalillarini to‘plash; moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotning to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tekshirish usullarini o‘rgatish; auditorlik tekshiruvini yakunlanish bosqichida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va tuzishni o‘rgatish haqida bilim beradi.
«Iqtisodiy tahlil va audit» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
  • iqtisodiyot sub’ektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning rolini, iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari (prinsiplari)ni, iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalarini, fanlar tarkibida iqtisodiy tahlilning o‘rnini, iqtisodiy tahlil qilishning usullarini, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil qilishni, iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarini bilishi kerak;


  • tahlil jarayonida kerak bo‘ladigan manbalar hajmini aniqlash, to‘plash, ularni to‘g‘riligini tekshirish, qayta ishlash va tahlilga moslashtirish, tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish, tahlil natijasiga xulosa va yakun yasash, auditorlik tekshiruvlarni rejalashtirish, auditorlik tanlovi, auditorlik dalillarini to‘plash, auditorlik xulosa va hisobotlarini tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;


  • talaba ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish va yakuniga baho berish, korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash; ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish va foydalanilmagan rezervlarni aniqlashda qo‘llaniladigan usullarni bilish; korxona faoliyatida ro‘y bergan iqtisodiy vaziyatni baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak.





Download 27.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling