Mavzu: iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni
Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Download 27.16 Kb.
|
Mavzu iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
- Fanni o‘qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari
- 2. Iqtisodiy tahlilning predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi “Iqtisodiy tahlil va audit” fanini o‘zlashtirishda talabalar matematik va tabiiy (oliy matematika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematik programmalashtirish), umumkasbiy (menejment va marketing asoslari, iqtisodiy geografiya, iqtisodiyot nazariyasi, moliyaviy va boshqaruv hisobi) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarish, ularning mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini belgilash, mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash, ishlab chiqarish va davr harajatlarini kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish bevosita ular faoliyatini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatidan manfaatdor tomonlar ularning to‘lovga layoqatliligi, moliyaviy barqarorligi, mablag‘lar aylanuvchanligi, rentabellik ko‘rsatkichlari, debitorlik va kreditorlik qarzlari holatidagi o‘zgarishlarni baholash orqali zaruriy qarorlar qabul qiladi. Fanni o‘qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari Talabalarning “Iqtisodiy tahlil va audit” fanini o‘zlashtirishlari uchun ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmua, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi. Mavzularni o‘tishda “insert”, “blits-so‘rov”, “klaster”, “aqliy hujum” kabi usul va texnikalardan keng foydalaniladi. Amaliy va seminar darslarda “zig-zak”, “guruh bo‘lib ishlash”, “insert”, “koop-koop” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Tabiat va jamiyatdagi hodisalar singari iqtisodiy hodisalarning ham tarkibiy qismlarini bilmay turib, ya’ni tahlil kilmay turib, ularni ilmiy jixatdan o’rganib bo’lmaydi. Analiz iborasi «analisys» so’zidan olingan bo’lib, «bo’laman», «hal etaman» degan ma’noni bildiradi. Binobarin, tahlil murakkab hodisa va predmetlarni tarkibiy qismlarga bo’lish, ajratib qo’yish asosida ko’rsatkichlarni taqqoslash va o’rganish demakdir. Ma’lumki, korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, faoliyatning sifat va miqdor ko’rsatkichlari bo’yicha muvaffaqiyatlarni o’rganish va uni takomillashtirishning qulay yo’llarini belgilash - Iqtisodiy tahlil ni tashqil qilishning zaruriy shartlaridan biridir. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida Iqtisodiy tahlil ning roli keskin oshadi, chunki boshqarishda oldingi ma’muriy-buyrukbozlik tizimidan voz kechilib yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanadi. Oldingi tahlil asosan, reja ko’rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, har bir xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatini mustaqil ravishda boshqaradi. Bu o’z navbatida tahlilning rolini oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir sub’ektda mavjud bo’lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Iqtisodiy tahlil orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi hamda mamlakatning iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Bunda, tahlil uchun manba bo’lib, yig’ma statistik ma’lumot asos bo’la oladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishdan maqsad korxona va birlashmalarning ish faoliyatiga ob’ektiv baho berish va xo’jalik yuritishning samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Bunday tahlil natijalari korxonaning xo’jalik faoliyatini doimo nazorat qilib turishni, unga rahbarlik qilishda xatoga yo’l qo’ymaslikning oldini olishga xizmat qiladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish quyidagi tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshiriladi: Ilmiy asoslangan tamoyil; Ob’ektivlik tamoyili; Tizimli va komplekslik tamoyili; Operativlik tamoyili; Umumiylik tamoyili. Iqtisodiy tahlil ning vazifasi- ushbu bandlarda keltirilgan vazifalar bilan cheklanmaydi. Korxona faoliyati shu darajada serkirraki, tahlil jarayonida uning hamma jixatlarini o’rganish lozim. Shunday ekan, tahlil vazifasi ham kup kirralidir. Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar aniqlanadi. Boshqaruv karorlarini kabo’l qilishda esa aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu tarika kamchiliklar bartaraf kilinib, xo’jalik faoliyatining uzluksiz ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta’minlanadi. Iqtisodiy tahlil ining asosiy vazifasi - bu korxonalar faoliyatida foyda miqdorini ko’paytirishning tug’ri va optimal yo’llarini aniqlab berishdir. Agar korxona faoliyatida foyda miqdorining oshishiga narx-navoning kutarilishi yoki atrof muxitga zarar yetkazish evaziga erishilsa, buni xech kachon korxona muvofakkiyati deb bo’lmaydi. Iqtisodiy tahlil oldida to’rgan muhim vazifalardan yana biri - bu korxona mehnat jamoasi faoliyatining iqisodiy natijasini aniqlashdir. Tahlil qilish jarayonida tashqi va mehnat jamoasiga boglik omillar ahamiyatini o’rganish lozim. Bunda fakatgina erishilgan natijalarni me’yoriy yoki hisobot davri natijalari bilan taqqoslash bilan chegaralanib kolish kerak emas. Eng muhimi - mamlakat erishgan yutuklari, raqobatbardosh mahsulot ko’rsatkichlari va dunyo ilmiy-texnika darajasi bilan solishtirish muvaffaqiyatlar garovi ekanligini unutmaslikdir. Masalan tahlilni quyidagi masshtablarda amalga oshirish mumkin: - xalq xo’jalik tahlili; - korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili. Xalq xujaligi tahlilida iqtisodiyotning butun tarmog’i, ayrim regionlarning iqtisodiy ko’rsatkichlari dinamikasi, usish darajasi va ularning rivojlanishdagi o’ziga hos xususiyatlari va qonuniyatlari o’rganiladi. Hozirgi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida hisob va hisobotni ikki qismga bo’lish kabo’l kilingan: 1.Boshqaruv hisobi: 2.Moliyaviy hisob (umum buxgalteriya hisobi). Shunga muvofik Iqtisodiy tahlil ni ham ikki qismga: moliyaviy va boshqaruv tahlilga bo’linadi. o’z navbatida moliyaviy tahlil tashqi va ichki moliyaviy tahlilga, boshqaruv tahlil esa ichki boshqaruv tahlilga bo’linadi. Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti va tezkor hisobotlar asosida olib boriladi. Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi. Iqtisodiy tahlil ning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o’tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natijalari va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis quyidagidan iboratdir. Moliyaviy tahlilning asosiy bosqichlari: Tahlilning maqsadini aniqlash va o’nga yondoshish yo’llarini belgilash. Bu bosqichda koxonani ko’rsatkichlari ularning xalq xo’jaligi, tarmoq bo’yicha miqdorlariga, o’tgan davr va rejadagi xajmlariga. Boshqa turdagi korxonalar ko’rsatkichlariga solishtirish. Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish. Bu bosqichda axborotlarning to’g’riligini hisobotlardagi ko’rsatkichlarning tahlil talablariga javob bera olishligi tekshiriladi. Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o’tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi, tegishli xulosa. Iqtisodiy tahlil da qo’llaniladigan ko’rsatichlar tizimi quyidagilardan iborat: moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar; iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko’rsatkichlar; moliyaviy potensialni ifodalovchi ko’rsatkichlar; ish faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar; bozor faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; davlat byudjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar; to’lov qobiliyati va to’lovga qodirlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar. 2. Iqtisodiy tahlilning predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasiFanning predmeti, deganda shu fan nimani o’rgatilishi tushiniladi. Xar kanday mustaqil fan uzining predmetiga ega. Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga keng ma’noda karaydigan bo’lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil kilinayotgan ob’ektlarni uz ichiga oladi. Lekin har bir Iqtisodiy fan o’ziga hos xususiyatga, uzi o’rganadigan predmetga ega. Bu fakat shu fanga hos bo’lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko’rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Tahlil fani xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni uz ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo’lish paytini emas, balki uning natijasini o’rganadi. Ob’ektda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko’zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo’lishini qonuniy jixatdan xujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shugullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlarda jamlanib boriladi va turli hisobotlarda uz aksini topadi. Tahlil esa, aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan xujjatlarga asoslanadi. Shunday qilib, Iqtisodiy tahlil fanining predmeti deb- xo’jalik faoliyatida ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbaida ifodalangan ko’rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo’llarini ishlab chikishni o’rganishdan iboratdir. Tahlilning predmetida ob’ektiv va sub’ektiv omillar aloxida urin tutadi, chunki iqtisodiy jarayonlar uz-uzidan sodir bo’lmaydi. Ular ma’lum ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ruy beradi.Shu omillar ta’sirini boshqa fanlar o’rgatmaydi. Bu fakat tahlil fanida o’rganiladi va uning predmetining asosini tashqil qiladi. Shuningdek, xo’jalik faoliyati natijasiga tug’ri baho bermasdan, unga ta’sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o’rganmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Shu tufayli tahlil fani predmetining markazida ob’ektiv va sub’ektiv omillarni o’rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas. Tahlil qilishdan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birga yo’l kuyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil kilinayotgan ob’ektning iqtisodiy va moliyaviy axvolini yaxshilashdan iboratdir. Bu esa sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlarga tug’ri baho berib, bo’ladigan jarayon andozasini ham chizib berishni takozo qiladi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar natijasi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Ko’rsatkichlar esa, ma’lumotlar manbaida (reja, me’yor va hisobot) uz aksini topadi. Iqtisodiy tahlil mustaqil fan. Lekin u boshqa iqtisodiy fanlar zamirida vujudga keldi va ularning kuplariga nisbatan yangi. Shunga karamay, mustaqillikdan keyin Iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jixatidan tubdan uzgargan. Oldin, rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari Iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, yukoridan ko’r-ko’rona tushirilgan, rejani asoslashga qaratilgan edi. Endi Iqtisodiy tahlil haqikatda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo’ldi. Oldin korxona xo’jalik faoliyati yukori tashqilot va davlat nuqtai nazaridan tahlil kilingan bo’lsa, endi bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egalari nuqtai nazardan tahlil kilinadigan bo’ldi. Biroq barcha holda ham davlatning manfaati hisobga olinadi. Chunki korxona bilan davlat o’rtasidagi aloqa oldin ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan bo’lsa, endi erkin o’zaro manfaatli iqtisodiy munosobatlarga asoslanadi. Iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi bunday uzgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jixatidan yangilashni, tubdan kayta ko’rib chikishni takozo kilmokda. Biroq shunday murakkab davrda juda kup fanlar uz zaruriyatini yukotadi va barham topadi. Masalan, xalq xujaligini rejalashtirish asoslari, korxona iqtisodiy (rejaga asoslangan iktisod ) va x.k. ammo bozor munosabatlari sharoitidi Iqtisodiy tahlil fanining ahamiyati yanada oshadi. U korxona rahbari uchun xo’jalikni boshqarishda asosiy dastak sifatida namoyon bo’lmokda. Download 27.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling