Mavzu: Iqtisodiy tizim turlari Ijtimoiy- iqtsodiy tizim belgilari
II.Ijtimoiy- iqtsodiy tizim turlari
Download 91 Kb.
|
Iqtisodiy tizim turlari
II.Ijtimoiy- iqtsodiy tizim turlari
Iqtisodiy faoliyat xar doim tizimlar doirasida kechadi. Bulardan xar birining o‘z xususiyatlari bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan belgilar asosida aniq tizimlar baxolanganda ular uch tipga ajratiladi. Bu an'anaviy tizim, bozor tizimi va totalitar-rejali tizimdir. Bular orasida ilk bor shakllangan, eng ko‘xna tizim- bu ananaviy tizimdir. An'anaviy tizim . Insonning iqtisodiy faoliyati dastlab mana shu tizimda yuz bergan. Uning alomatlari sarqit sifatida uzoq saqlanadi, xatto xozir xam onda-sonda uchrab turadi. An'anaviy tizim xukumron bo‘lgan davr g‘oyat uzun davrdir. An'anaviy iqtisodiyot- bu o‘ta zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarishga, an'analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir. An'anaviy tizim ishlab chiqarish omillarining kuchsizligi, iqtisodiyotda tabiiy resurslarning birlamchi bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish faoliyati tabiatdan tartibsiz va xatto vaxshiyona foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiyot g‘oyat resurstalab bo‘ladi, chunki resurslarning tejamlanishini ta'minlovchi texnologiya rivojlanmagan bo‘ladi. Ishlab chiqarishda qo‘l mexnati ustuvor, tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalaniladi. Tabiatda mavjud energiya manbalari ishlatiladi. Dastlab tabiatda uchraydigan maxsulotlar terib olinib ist'emol qilinadi, so‘ngra tabiatga tayanib maxsulotlar ishlab chiqariladi. Mexnat unumdorligi g‘oyat past bo‘lib, bu maxsulotlarni xammaga yetarli qilib ishlab chiqarish imkonini bermaydi, turmush darajasi past bo‘ladi. An'anaviy tizim dastlab jamoat mulki, so‘ngra esa individual xususiy mulkka tayanadi. Ana'naviy tizimga natural ishlab chiqarish xos bo‘ladi. Natural xo‘jalik mayda, tarqoq bir xil tipda xo‘jaliklarning massasidan, ya'ni dexqon, oilaviy, davlat va jamoa, yirik yer egalari xo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan. Bu xo‘jaliklarda ishlab chiqarish xom ashyoni olishdan boshlab, to tayyor maxsulot iste'moligacha bo‘lgan mexnat jarayonini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish agrar xarakterida bo‘lgan, ya'ni uning asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi, sanoat esa uning qo‘shimchasi xisoblanadi. An'anaviy tizimga iqtisodiy avtarkizm, ya'ni iqtisodiyotning o‘z qobig‘iga o‘ralib bekik xolda bo‘lishi, iqtisodiyotning yopiqligi xosdir. Ish kuchi va moddiy resurslar muayyan xo‘jalikka juda qatti biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurishdan maxrum bo‘ladi. Bu bilan iqtisodiy o‘sish yo‘llari xam to‘sib qo‘yiladi. Bu tizimda ishlab chiqarishning kengayishi uzoq davrda, g‘oyat sustlik bilan boradi. Bu qo‘shimcha resurslarni jalb etish xisobidan, ya'ni qo‘shimcha ish kuchi va tibbiy resurslarni ishlab chiqarishga kiritish xisobidan buladi. Ishlab chiqarish xajm jixatdan juda kichik, uning turlari esa oz bo‘lganidan eng oddiy extiyojlarni qondirishga bo‘ysundiriladi. An'anaviy tizim konservativ, eskilikka moyil bo‘lib, yangilikni kamdan-kam yaratadi, uning asrlar davomida saqlanishi xam shunda. Unga o‘ta arxaik, ya'ni dakkiyunusdan qolgan munosabatlar xos bo‘lib, ular uzoq vaqtgacha saqlanib keladi. Bu asrlar osha avloddan-avlodga o‘tgan iqtisodiy odatlar va ko‘nikmalardan iborat bo‘ladi, ular uzoq vaqt saqlanib qolganidan an'analar shakliga kiradi. Bu tizimni an'anaviy deb atalishi xam shunda. Bu tizim g‘oyat uzoq saqlansada, uning bag‘rida sekin-asta bozor munosabati rivojlanib, yangi tizim paydo bo‘ladi. Bozor tizimi. Bu an'anaviy tizim o‘rniga kuluvchi yangi tizimdir. U o‘zining bir qator belgilari bilan o‘tmishdoshidan ajralib turadi. Bozor iqtisodiyoti - bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslanadi. Bu yerda ishlab chiqarishning moddiy omillari serunum mashinalar tizimidan iborat. Ashyoviy resurslar faqat tabiiy bo‘lmasdan, balki yangidan yaratilgan xam bo‘ladi. Texnikaviy darajasi yuqori, mashinalashgan industrial ishlab chiqarishga mos ravishda savodli, malakasi va ish tajribasi yuqori bo‘lgan xodimlar ish kuchi qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishning omillari rivoj topganidan yuksak, ilgari bo‘lmagan mexnat unumdorligiga erishiladi. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tabiiy resurslar samarali ishlatilishi bilan birga tiklanib, ya'ni qaytadan xosil etilib xam turiladi. 1. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki xam amal qiladi. Ammo xech bir mulk monopoliyasi- yakka xukumronligi tashkil topmaydi, chunki mulklar o‘rtasida muvozanat saqlanadi, bir mulkning boshqasi tomonidan siqib chiqarishi yuz bermaydi, chunki xamma mulk shakllarining erkin rivojlanishi kafolatlanadi. 2. Bozor iqtisodiyotida maxsulotlar tovar shakliga ega bo‘ladi. Ular oldi-sotti kilish orqali ayriboshlanidi. Tovar maxsulot va xizmatlarning umumiy shakliga aylanadi. Bu bilan bozor tizimi an'anaviy tizimdan tubdan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti uch sub'ektlidir. Bular firmalar, xonadonlar va davlatdir Ular o‘rtasidagi munosabatlar tovar-pul munosabatlaridir. Firmalar tovar ishlab chiqarsalar, xonadonlar uni sotib oladi. Xonadon firmalarga resurs yetkazib beradi. Davlat idoralari va maxkamalari firmalar va korxonalarga xizmat ko‘rsatadi, ulardan esa resurslar va tayyor tovarlarni sotib oladi. Bozor tizimida ayriboshlash barter shaklida emas, balkai pul vositasida oldi-sotti kilish (orqali) shaklida bo‘ladi. 3. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy tanlov qoidasiga asoslanadi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur degan muammoni bozorning o‘zi xal qiladi. Bozordan keladigan signal (narx) ga qarab nima kilish aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanadi va ishlatiladi. Faoliyat turi erkin tanlanadi, xamma ishlab topganini o‘zi oladi. 4. Bozor munosabatlarining xar bir sub'ekti (korxonami, davlatmi, ayrim kishilarmi) o‘z maanfatini ko‘zlab faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarini ko‘zlagan xolda o‘rnatiladi. Bozor.esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste'molchi o‘z izmini o‘tkazadi. 5. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat belgilamaydi, narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashishiga binoan yuzaga keladi. Bozor munosabatiga kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Ular esa pul bilan o‘lchanadi. 6. Bozor iqtisodiyotining belgisi uning iqtisodiy mexanizmida raqobatning mavjudligidir. Raqobat moddiy va mexnat resurslarini kam sarflagan xolda ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Shu jixatdan rakobat bozor iqtisodiyotini xarakatga soluvchi kuchdir. 7. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‘lganidan u monopoliya bilan sig‘ishmaydi. Monopoliya raqobatni cheklaydi, turg‘unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jixatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‘nanishga ega. 8. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘nalishi bor iqtisodiyotdir, ya'ni u pirovardida farovonlikni ta'minlishga qaratiladi. Bozor ish qobiliyati bor kishilarni yaxshi ishlab, yaxshi pul topishga undaydi. Bozor tizimida boy bo‘lish ta'qiqlanmaydi. Ishlab pul topish qobiliyati esa xar xil, shu sababli kishilar daromad jixatidan jiddiy farqlanadilar. Axolii boy, o‘rta xol va kambag‘al qatlamlarga ajraladi. Totalitar- rejali tizimi. / Bu tizim bozor iktisodiyoti rivojlanishini zurlik rilan, ya'ni revolyusiya vositasida tuxtatib kolish va uni majburan rejalashtirish yuliga utkazish orkali yuzaga keladi. Totalitar rejali iktisodiyot- bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka tayangan bir markazdan turib rejalashtirishga va boshkarishning ma'muriy buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir. Bu tizimga iqtisodiyotning xamma jabxalarini, xam resurslar, xam maxsulot va xizmatlarga davlatlashtirilishi xosdir. Bu yerda barcha m|oddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, xatto unga kirmay qolgan boshqa mulkka oid resurslar xam amalda davlat tasarrufida bo‘ladi, lekin boshqa mulklar yuzaki e'tirof etiladi. Davlat va jamoa mulkiga ijtimoiy mulk maqomi beriladi va bu xususiy mulkka qarshi qo‘yiladi. Davlat mulki monopoliyasining o‘rnatilishi iqtisodiyotni xam davlatlashtiradi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarurligini davlat rejalari belgilab beradi. A) Totalitar tuzimning belgisi rejalashtirishning o‘zini borligi emas, balki uni markazlashgan bo‘lishi, nima qilinishini davlat yuqoridan belgilab berishi va shunga ko‘ra resurslarni va yaratilgan maxsulotlarni taqsimlanishidir. B) Reja tavsiyaviy emas, balki majburiy bo‘ladi. Reja qonun degan qoida bo‘lib, bu davlat tasdiqlagan rejani xech kim buzishga xaqli emas degani bo‘ladi. Rejalashtirish korxonalarni bir qolipga solib qo‘yadi, uning oyok-qo‘li bog‘lanib, tashabbusi bo‘g‘iladi. Uni nima ish kilishi, resursni qaerdan va kimdan olishi, maxsulotni kimga yetkazib berishini oldindan davlat rejasida belgilanib qo‘yiladi. V) Resurslar va tayyor maxsulotlar narxini xam davlat yuqoridan belgilab beradi. Narxlar qat'iy bo‘lib, ularni xech kim o‘zgartira olmaydi. Daromadlarning taqsimlanishi xam davlat belgilangan tartibda boradi. Ish xaqqi, pensiya va nafaqalar miqdorini davlat belgilaydi. Ularni o‘zgartirish xam davlat ixtiyorida bo‘ladi. G) Rejali iqtisodiyot amalda yopik iqtisodiyot, uning tashqi aloqalari rejalashtiriladi, ular faqat tuzimi bir xil davlatlar bilan chegaralaniladi. Bozor iqtisodiyoti bor mamlakatlar bilan aloqalar onda-sonda, o‘xtin-o‘xtin yuz beradi, ular muntazam bo‘lmaydi. D) Rejali iqtisodiy tizimga ommaviy tovar defitsiti xos bo‘ladi. Taqchillik xam resurslarga, xam istemol tovarlariga xos bo‘ladi. Defitsit natijasida ommaviy chayqovchilik yuzaga keladi, chunki kerakli pulga tovarlar topish qiyinlashadi. ye) Rejali tizimda manfatlar ierarxisiyada birinchi o‘rinda davlat manfati, ikkinchi jamoa manfati, uchinchi inson manfati turadi. Bu yerda bir tekis taqsimlanish qoidasi amal qiladi. Oz bo‘lsada, xammaga bir xil daromad berishga moyillik bo‘ladi. Boy bo‘lish taqiqlanadi, ko‘p daromad topishga intilish taqiqlanadi. Umuman shaxsiy daromad chegaralanib bir qolipga solib qo‘yiladi. Bu iqtisodiy stimullarni zaiflashtiradi, chunki induvidual manfaat mensilmaydi, u orqaga suriladi. Iqtisodiy stimullar sustligidan shijoat, ma'naviy-siyosiy stimullarga ustuvorlik beriladi. K) Iqtisodiyot davlatlashtirilganidan milliy boylikning katta qismi davlat ixtiyorida bo‘ladi, axolining bu boylikdagi xissasi g‘oyat pastligi bilan ajralib turadi. L) Rejali buyruqbozlik tizimi demokratiyaga va xurriyatga zid, uning siyosiy tizimiga totalitarizim va diktatura (xokimiya zo‘ravonligi) xos bo‘ladi. Bu tizimning mavkurasi kommunistik mafkura xisoblanadi, buning muxim belgisi faxriylik- xudosizlik bo‘lib, xar qanday dinni inkor etishdir. Bu mafkuraning boshqa muxim jixatlari kommunistik g‘oyaga sodiqlik, bitta partiyaga sig‘inish, ijtimoiy tenglik, milliylikni tan olmay, baynalminallikni ulug‘lash, o‘zgacha g‘oyalarni dushman g‘oyasi deb qarash, unga qarshi shavqatsiz kurash kabilardir. Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling