Bitkoin belgisi - Qisqartma sifatida „bitcoin“ oʻrniga koʻpincha lotin harflarida BTC yoziladi. Bunday qisqartma soʻz valyuta kodlariga oʻxshaydi, ammo bitkoinning qisqartma kodi hali ISO 4217 xalqaro standarti tomonidan tasdiqlanmagan. 2014-yil 7-oktyabrda Bitcoin Foundation bitkoin kodini standartlashtirish rejalarini eʼlon qildi.
- 2017-yildan boshlab ₿ bitkoin belgisi Unicode(10.0 versiyasi) standartiga kiritilgan, unga U+20BF (₿)[16] raqami berilgan. Bundan oldin ฿ (Tailand batining belgisi) belgisi ishlatilgan.
- Bitkoin Microsoft Excel 2016 valyutalari roʻyxatiga ham qoʻshilgan
«Bitcoin» moliya tizimiga yomon ta’sir etishi mumkin, shu sababli ko‘p davlatlar kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada «Bitcoin» yetishtirish bilan shug‘ullanganlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun tayyorlashgan, lekin hali to‘liq kuchga kirmagan. Ammo yaqindagina Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatning rasmiy kriptovalyutasini — «El Petro»ning dastlabki emissiyasini tasdiqladi. Ammo texnologiya bu texnologiya, pul esa — pul. Moddiy jihatdan mavjud. «Bitcoin» nomli kriptovalyutani yaratishda ma’lum bir qonun-qoidalar qabul qilingan: - Ammo texnologiya bu texnologiya, pul esa — pul. Moddiy jihatdan mavjud. «Bitcoin» nomli kriptovalyutani yaratishda ma’lum bir qonun-qoidalar qabul qilingan:
- «Bitcoin» kuchli inflyasiyaga uchramasligi uchun, dastlab ushbu virtual pullarning miqdorini cheklash maqsad qilingan. Shu sababli virtual oltin ekvivalenti degan tushuncha kiritilgan, uni sotib yoki qazib olib qo‘lga kiritish mumkin. Yangi «Bitcoin»larni qo‘lga kiritish usuli mayning deyiladi («virtual shaxtachilar», ammo ular kirkalar yordamida emas o‘zining kompyuterlari va maxsus yaratilgan tizimlari asosida ishlaydi).
- «Bitcoin» oltinga yanada o‘xshashroq bo‘lishi uchun uni qo‘lga kitirish oltinni qazib olishdek mushkul ishga aylantirilgan. Aks holda kriptovalyutaning mavjud grafigida yangi birliklar ko‘payib ketadi. Buning uchun esa barcha maynerlar («virtual shaxtachilar») o‘z kompyuterlari yoki maxsus tizimi orqali juda murakkab hisob-kitoblarni amalga oshiradi — xesh funksiyasi deb ataladigan maxsus formuladan foydalanib hisoblangan raqamlarni berilgan shablonga tashlaydi.
- Shablon esa shunday hisob-kitob bilan aniqlanadiki, maynerlarning har qanday raqamida «Bitcoin»ning yangi birligi 10 daqiqada bir marta paydo bo‘ladi. Tizim ikki haftada bir marta kriptovalyutaning navbatdagi birliklarini «qazib olish ishlarini» murakkablashtirish maqsadida to‘g‘irlash kiritadi, bu esa kerakli shablonning ko‘tarilishiga yoki pastga tushishga yordam beradi.
- Kriptovalyutaning yangi birligini qo‘shgan odamga ketgazgan xarajatlari to‘lab beriladi («Bitcoin»da). Vaqt o‘tgan sari ushbu mablag‘ kamaymoqda, biroq kriptovalyuta kursining o‘sayotganligi buni bemalol qoplaydi.
- O‘z kompyuterlarini mayning uchun bergan odamlar bir vaqtning o‘zida ushbu tizimga transaksiyalar (to‘lovlar)ni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek, tizimning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini sinxronlashtiradi.
- Tizimning har bir foydalanuvchisiga maxsus manzil (oddiy kalit asosida yaratilgan kriptografik hisob) va maxfiy kalit beriladi. Bu orqali u o‘tkazmalarni tizimning bir manzilidan boshqasiga ko‘chira olishi mumkin. Bu xuddi odatdagi hamyonga o‘xshaydi, faqat o‘tkazmalar shaffof tarzda amalga oshiriladi va barcha kim kimga qancha o‘tkazganini ko‘ra oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |