Mavzu:Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari va uLarning tahlili Tuzuvchi: Boboqulov Hofiz Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni tahlil qilish va bashoratlashda iqtisodiy xavfsizlikning mingdan ziyod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro bog’liqdir. Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy xavfsizlik Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy xavfsizlik siyosati ko’rsatkichlarning barchasini me’yorida saqlab turishga qaratilishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlikning bir chegaraviy ko’rsatkichi boshqa shunday ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas. Davlat har bir konkret holatda xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni uyg’unlashuvini ta’minlashga harakat qilishi kerak bo’ladi. Ayni paytda qisqa davr oralig’ida foyda keltirishi mumkin bo’lgan ish, strategik jihatdan umuman foydasiz bo’lishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: – resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash; bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |