o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada o’rganilishi zarur. Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50 ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan: – iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; – moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; – ijtimoiy soha ko’rsatkichlari; – tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi. pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqamoliyaviy ko’rsatkichlar kiradi. tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi. To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi. Xo’jalik yuritishning istalgan sohasida – ishlab chiqarish, tashqi savdo, ilmiytexnikaviy hamkorlik va boshqalarda, barcha mamlakatlar uchun xavfsizlikning ma’lum chegaralari mavjud bo’lib, ularni ilmiy asoslangan me’yorlar asosida aniqlash mumkin. Ayni paytda ayrim olingan mamlakatda mavjud bo’lgan vaziyatga to’liq baho beruvchi universal ko’rsatkich mavjud ekanligi to’g’risida gapirish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. CHunki iqtisodiy xavfsizlik ko’p omillar ta’sirida bo’ladigan hodisa hisoblanib, u milliy ishlab chiqarishning uzluksiz o’zgarib turuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |