Mavzu Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Reja
Download 362.89 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish;
axborot bilan almashish tarmoqlarini, ya’ni rivojlangan axborot infratuzilmasini barpo etish; o‘lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish.Ular jumlasiga almashinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori va sifatini o‘lchash standartlarini, shuningdek, davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi; tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini, ya’ni bozor infratuzilmasini barpo etish; huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish; sof ijtimoiy farovonlikni yaratish (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog‘liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish).10 Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishi, iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi, iqtisodiyotni tartibga solishi nuqtai nazaridan asosiy majburiyat va vazifalari, iqtsodiyot sohasidagi siyosatining mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risidagi masalalar iqtisodiy fanlar diqqat markazida turadigan muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish bo‘yicha siyosatiga taalluqli bo‘lgan ko‘plab savollarga javob qidirish bilan turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar iqtisodchilarining aksariyati band. Iqtisodchilarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosati bo‘yicha ishlab chiqqan ilmiy-nazariy konsepsiyalari, nazariyalari hamda ularga asoslangan iqtisodiy siyosatning turli modellarining amaliyotda qo‘llanishi tajribalarining umumlashtirilishi negizida “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” fani shakllanib, ko‘plab mamlakatlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari sifatida bo‘lg‘usi iqtisodchilarga o‘qitilmoqda. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslarini iqtisodiyot nazariyasi fani yaratadi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda amal qiluvchi obyektiv iqtisodiy qonunlarni ochib beradi hamda xo‘jalik yuritishning prinsiplarini va mexanizmini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining maqsadlarini, sohalari va vosita hamda usullarini, ya’ni davlatning iqtisodiy siyosatini ilmiy jihatdan asoslaydi. Shundan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati–davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish maqsadida bozor iqtisodiyotining amal qilishi uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlari yig‘indisidir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tadqiqot obyekti bo‘lib iqtisodiy subyektlarning o‘zaro hamkorlikda samarali va barqaror faoliyat yuritishlari. shuningdek, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish yoki ularning ta’sirini kamaytirish uchun qulay huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart- sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayonlari hisoblanadi. “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” fanining predmetini davlatning jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi jarayonlari va bunda davlat bilan iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigansiyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tashkil etadi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan siyosatini hukumatning iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash borasidagi qarorlari va hatti- xarakatlarida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatini qo‘llash sohalari quyidagilardan iborat: Iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar sohasidagi siyosat. Bunda iqtisodiy hayotdagi davlat va xo‘jalik subyektlari xatti-harakati normalari bo‘yicha uzoq muddatli ijtimoiy kelishuv to‘g‘risida so‘z boradi. Iqtisodiy tartib o‘rnatish siyosati, ya’ni xususiy shaxslar, firmalar, institutlar faoliyati, raqobatni himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solish va savdoni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan miqyoslarini belgilovchi tartib-qoidalarni o‘rnatishga qaratilgan siyosat; Integratsion va tashqi siyosat-bu hududlararo bozorlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir; Xo‘jalik jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish siyosati-bu jami talab va jami taklifga ta’sir etish, ular o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, pul va fiskal siyosatlarni amalga oshirishdir. Iqtisodiy o‘sish siyosati va tarkibiy siyosat iqtisodiy o‘sishga to‘siqlarni bartaraf etishga va ishlab chiqarish potensialining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir; Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati.11 Demak, davlatning iqtisodiy siyosati davlatning iqtisodiyotga aralashishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usul, vositalari, dastaklarini o‘z ichiga oladi. Davlat mavjud bo‘lgan barcha tarixiy davrlarda iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan siyosat davr talablariga mos ravishda ma’lum miqyoslarda, shakl va uslublarda amalga oshirilib kelingan. Lekin to 1929-1933 yillardagi krizisgacha bo‘lgan davrlarda davlatning iqtisodiyotga aralashishi nomuayyan va cheklangan bo‘lib, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tor doira va miqyoslarda, ko‘lamlarda vaziyat taqozasiga ko‘ra epizodik ko‘rinishda kam sonli vosita va usullar yordamida amalga oshirilib kelingan. Faqat XX asrning 30-40-yillaridan boshlab, davlatning iqtisodiy siyosati bozor iqtisodiyotiga davlatning muntazam ravishda aralashib, uni tartibga solishga qaratilgan mexanizmni bozorning o‘zini o‘z tartiblash mexanizmi bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirila boshlandi. Uning mazmunini ochib berish uchun bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashishi va tartibga solishi zarurligi, uning obyekti va predmeti, shakl va usullarini tahlil qilish lozim bo‘ladi. Download 362.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling