Mavzu Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Reja


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari


Download 362.89 Kb.
bet5/5
Sana23.09.2023
Hajmi362.89 Kb.
#1685959
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari.

Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va ta’sir etish predmeti uzoq muddatli istiqbolda milliy boylik va milliy mulkning o‘sishi, o‘rta muddatda iqtisodiy sikl, qisqa muddatli davrda – xo‘jalik konyunkturasi hisoblanadi. Ushbu predmet bo‘yicha iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash chora-tadbirlari krizis va turg‘unlik sharoitida davlat tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni, kapital qo‘yilmalar va bandlikni, tovar va xizmatlar eksporti, xorijiy kapital va turistlarning kirib kelishini rag‘batlantiradi, iqtisodiy yuksalish davrida esa iqtisodiy o‘sishni jilovlashga, iqtisodiyotning qizib ketishining oldini olishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maqsadlarda xususiy kapital uchun qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlar yaratiladi, davlat xarajatlari ko‘paytiriladi, foiz stavkalari tartibga solinadi (1.3.3-rasm).






Iqtisodiy siklni tartiblash tarkibi










Tarmoq va hududiy tuzilishi







Kapital jamg‘arish













Pul muomalasi







To‘lov balansi













Aholining ish bilan bandligi







Narxlar va bozorlar






Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari
Iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solish xo‘jalik subyektlarini mamlakat iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi soliq stavkalari hamda tariflarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Soliqqa tortish ob’ektlari, soliq stavkalarini belgilash bilan bir qatorda imtiyozlar tizimi ham joriy etiladi. Soliq imtiyozlarini joriy etish davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga monetar usullar orqali ta’sir etish foiz stavkalari, budjet qarzlari, davlat qarz majburiyatlari ochiq bozoridagi operatsiyalar, muomaladagi pul massasi, valyuta kursi kabi moliyaviy regulyatorlarni o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat iqtisodiyotni tartibga solish ob’ektlari, predmetlari, vosita va usullarini aniq belgilash hamda qo‘llash mexanizmini shakllantirishi lozim bo‘ladi.


Foydalanilgan manbalar ro'yxati
1. Kovalyov V.V. Moliyaviy tahlil M., Moliya va statistika, 1999 yil
2. Kremer. Iqtisodiyotda operatsiyalar tadqiqoti. Iqtisodchilar uchun darslik.
3. R. Lewis, H. Raifa, Games and Solutions, trans. ingliz tilidan, M., 1961;
4. Meskon M., Albert M., Xedouri F. Menejment asoslari, M., Delo, 1992 y.
5. Neumann J. Morgenstern O., O'yin nazariyasi va iqtisodiy xatti-harakatlari,
trans. Ingliz tilidan, M., 1970

http://fayllar.org







Download 362.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling