Mavzu Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Reja
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo‘yicha davlat boshqaruv organlarining vazifalari va dastaklari
Download 362.89 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo‘yicha davlat boshqaruv organlarining vazifalari va dastaklariIqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yuzasidan hokimiyat organlari o‘z zimmasiga aniq vazifalarni oladi. Ularga quyidagilar kiradi: iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish; to‘liq va samarali bandlik; iqtisodiy samaradorlikka erishishni ko‘zlash; narxning barqaror darajasi; iqtisodiy erkinlik; daromadlarning odilona taqsimlanishi; mamlakat tashqi savdo balansining mutanosibligini ta’minlash Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zaro bog‘liq
maqsadlarining murakkabligi va o‘zaro bog‘liqligining qarama- qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o‘z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha vazifalari. Iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha davlat organlari oldida turgan maqsadlar ko‘p, lekin ularning ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat: iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; mehnatga layoqatli aholi ish bilan bandligining yuqori darajasini ta’minlash; narxlar barqarorligi hamda pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; tashqi iqtisodiy muvozanatni saqlash. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy bosh maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish, mavjud tuzumni mustahkamlash va takomillashtirish, o‘zgarib borayotgan sharoitga adaptatsiya qilish, moslashish hisoblanadi. Demak, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hozirgi zamon iqtisodiy tizimlarining xarakterli, asosiy belgisi hisoblanadi. Shu boisdan ko‘plab mamlakatlarda, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning iqtisodiyot sohalariga aralashuvi kuchaymoqda. Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir etish obyektlari-bozor mexanizmi ta’minlay olmaydigan yoki qoniqarsiz darajada ta’minlaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish sohasida yuz beradigan jarayonlar, munosabatlar, sharoitlardir. Davlat ta’sir etadigan va tartiblaydigan obyektlarga ularning darajalari nuqtai nazaridan quyidagilar kiradi: umumxo‘jalik jarayonlari, ya’ni iqtisodiy sikl, pul muomalasi, ish bilan bandlik, investitsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba, konstruktorlik ishlari (ITTKI), narxlar; iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, infrastrukturalar, moliya sohasi; tarmoqlar va korporatsiyalar; yirik xo‘jalik komplekslari sifatidagi hududlar. (1.3.2.-rasm). Bulardan tashqari, davlat tartibga soladigan ob’ektga tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish ham kiradi. Davlat tashqi savdo sharoitlari, kapital va ishchi kuchi harakati, valyuta munosabatlari, xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishni tartibga soladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiga ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, sotsial ta’minot sohalari ham kiradi. Qurilish Pul muomalasi Hududlar, yirik xo‘jalik komplekslari Iqtisodiy tsikl Sanoat Bandlik Qishloq xo‘jaligi Ijtimoiy munosabaqtlar Investitsiylar Xizmatlar sohasi Biznes va tadbirkorlik Narxlar Tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ITTKI Download 362.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling