Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va ularning turlari
Download 453.45 Kb.
|
ix referat
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va ularning turlari.
Iqtisodiy xavfsizlikka asosiy tahdidlar – mamlakatning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklaydigan, milliy qadriyatlar va turmush tarziga xavf soladigan hodisalar va jarayonlar. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari farqlanadi: – xalqaro (global va mintaqaviy); – milliy; – lokal (mamlakat ichidagi mintaqaviy yoki tarmoq); – xususiy (korxonalar va shaxs). Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – kelishuvlar va institutsional tuzilmalarning birga mavjud bo’lishiga imkon yaratuvchi xalqaro shartsharoitlar majmui bo’lib, bunda jahon hamjamiyatining a’zosi bo’lgan har bir davlatga tashqi bosimga duchor etilmaslik, dunyodagi qolgan mamlakatlarning mazkur davlatning ichki ishlariga aralashmasligi, hamjihatligi, o’zaro maqbul va foydali hamkorlik qilishlariga umid qilish asosida o’zining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyati ta’minlanadi. Iqtisodiy manfaatlarni ro’yobga chiqarishning ichki va tashqi shart sharoitlari mavjud bo’lib, ichki sharoitlariga shaxsning rivojlanishi, konstitutsion tuzumning mustahkamlanishi, mamlakat hudularining yaxlitlig va bo’linmasligini ta’minlash hamda xo’jalik va boshqa faoliyatlar, favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlar, fralokatlar ta’sirida vujudga keladigan noxush ekologik holatlardan kishilar salomatligini saqlash kiradi. Tashqi sharoitlarga esa sherikchilik va o’zaro hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini shakllantirish va rivojlantirish, tashqi agressiyalarni qaytarish qobiliyatini ta’minlash, o’zining iqtisodiy, harbiy-siyosiy, intellektual salohiyatiga mos ravishda xalqaro hamjamiyatda o’ziga munosib o’ringa ega bo’lish kiradi. Ushbu iqtisodiy manfaatlarning ro’yobga chiqishiga to’sqinlik qiluvchi turlituman tahdidlar, xavf-xatarlardan himoua qilish davlat zimmasiga yuklatilgan. Iqtisodiy tahdidlarni eng umumiy tarzda ichki va tashqi tahdidga ajratib o’rganish mumkin. Tashqi tahdidlar geopolitik, tashqi-iqtisodiy, shuningdek, global ekologik omillar bilan tavsiflanadi (3.1-rasm). 3.1-rasm. Iqtisodiy tahdidlar tarkibi4 Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik har qaysi xalqning o’z yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulk shakllari va manfaatlarni hurmat qilish orqali rivojlanish modellarini tiqishtirishdan, iqtisodiy va siyosiy majburlashdan voz kechishni, shuningdek, tinch hayot nafaqat harbiy-strategik, balki iqtisodiy munosabatlar konfrontatsiya va qisqa muddatli foyda olishga qaratilishdan ozod bo’lgani sayin ularda ham bo’lishi mumkinligini anglashni bildiradi. Uzoq muddatli istiqbolda hattoki xususiy kapital xorijiy davlatlarning taraqqiy topishidan ularni talash va ekspluatatsiya qilishga nisbatan ko’proq foyda oladi. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik dunyo davlatlari iqtisodiyotining yetarlicha yuqori va barqaror o’sishi,iqtisodiy ehtiyojlarni samarali qondirish, milliy resurslarning harakatlanishi va foydalanish ustidan davlat nazoratini ta’minlash, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini milliy va xalqaro miqyosda ta’minlashga erishish tushuniladi. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari quyidagi prinsiplarni tan olishdan iborat: – davlatlarning, ijtimoiy va siyosiy tuzumidan qat’i nazar, teng huquqliligi; – iqtisodiy hayotni rivojlantirish yo’llari va tashkil qilish shakllarini erkin tanlash; – davlatlarning o’z mamlakatlarining tabiiy resurslari va iqtisodiy salohiyati ustidan suvereniteti; – davlatlar o’rtasida o’zaro foydali hamkorlik hamda iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa tinch munosabatlarni erkin rivojlantirish; – iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlik qilish; – jahon hamjamiyatiga kiruvchi kam rivojlangan mamlakatlarga nisbatan maxsus imtiyozlar berish; – iqtisodiy nizolarni kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo’rqitishsiz tinch yo’l bilan hal qilish. Mamlakatning ichki iqtisodiy sohadagi xavfsizligi tabiiy, texniktexnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy hamda boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va beqarorlik, tangliklar ta’siridan himoylanish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi: ilgarigi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalshgan iqtisodiyotning meros qolganligi; ko’pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig’imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; yuqori darajadagi inflyatsiya; infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi; mineral xom ashyo bazalarining kam o’rganilganligi va xo’jalik oborotiga tortilish imkoniyatlarining yetarli emasligi; mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo’nalishlarida ilg’or o’rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat obro’sining tushib ketishi; ichki bozorlarda chet el firmalari tomonidan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining, shu jumladan, iste’mol tovarlarining siqib chiqarilishi; hududiy separatizm tendensiyasi va boshqarish qarorlarini qabul qilishda tarmoq lobbizmining yuqori darajadaligi; investitsion faollikning pastligi; kapital xarajatlar o’rniga joriy xarajatlarni afzal ko’rish; sotsial ziddiyatlarning kelib chiqish xavfining mavjudligi. Bunday ijtimoiy ziddiyatlar mehnatga haq to’lash mexanizmining takomillashmaganligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, aholi o’rtasidagi tabaqalanishning keskinlashib ketishi, aholi bilim darajasi va sifatining pasayishi tufayli vujudga keladi; qonunchilikning rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subyektlarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi g’ayriqonuniy faoliyat ko’ratishi hamda huquqiy intizomining pastligi; iqtisodiyot subyektlarining moliyaviy va shartnomaviy intizomining pastligi; iqtisodiyotning kriminallashuvi va uni boshqarishda korrupsiyaning kuchayishi; daromadlarni yashirish va soliq to’lashdan qochish holatlarining ko’payishi; moliyaviy mablag’larni chet ellarga noqonuniy tarzda o’tkazish. Ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar taqozo etiladi: birinchidan, jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etish bilan miliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratish; ikkinchidan, jahonda sodir bo’layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta’kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta’sirini butunlay yo’q qilish, unga barham berish mumkin emas. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi: - eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo’qotilishi; - mamlakatning ko’p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi, bog’liqligi; - tashqi qarzlarning o’sib borishi; - eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, bojxona chegaralarining yopiq emasligi; - raqobatga bardoshli eksportni qo’llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy a axborot infratuzilmalarining rivojlanmaganligi hamda import tarkibining rasional emasligi; - eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivolanmaganligi. Eksport tovarlariga narxlarning keskin pasayib ketishi yoki aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin ko’tarilib ketish tashqi bozorga nihoyatda bog’liq bo’lgan iqtisodiyot uchun o’ta xavfli hisoblanadi. Tashqi tahdidlar ayrim ichki tahdidlarning xavfi ortishiga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy xavfsizlikning tashqi tahdidlari quyidagilarni qamrab oladi: ijtimoiy hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, ekologik, axborotga oid va boshqa sohalari. Download 453.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling