Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi
Download 453.45 Kb.
|
ix referat
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o’rtasida barqaror, har tomonlama o’zaro aloqadorlikning shakllanishi oqibatida xo’jalik haayotining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag’lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o’rtasida o’zaro aloqadorlik hamda bog’liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda. Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimotiga ko’ra, ixtisoslashuvi, o’zining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida o’ziga xos o’rinni egallaydi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlikka ochiq bo’lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega bo’lishi lozim. Ochiq iqtisodiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin: - o’tish davrini o’z boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va unsurlari raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi; - jahon xo’jaligi bilan o’zaro aloqada milliy iqtisodiyot an’anaviy tovar ayirboshlashdan tashqari, kapitalni chetga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy-texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda integrallashadi; - xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisabatan milliy daromadning o’sishi; - xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy o’sish omili sifatidagi rolining ko’payishi; - xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki ishlab chiqarish ko’lamiga nisbatan milliy daromadning ko’proq o’sishi. Iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qo’shma korxonalar ko’paya bordi, ichki bozor tovarlar bilan to’la boshladi. Ammo, shu bilan birga, buning mamlakat manfaatlariga zid tomoni ham ko’zga tashlan boshladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi sharoitida xo’jalik subyektlari faoliyatini nazorat qilish mexanizmining takomillashmaganligi tufayli, bu sohada jinoiy guruhlar, korrupsiya, xufyona iqtisodiyot, narkobiznes, iqtisodiy qaroqchilik ham jonlana boshladi. Shuningdek, Mamlakat ichki iqtisodiy sohasidagi xavfsizligi tabiiy, texnik-texnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy hamda boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va beqarorlik, tangliklar ta’siridan himoyalanish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi: - ilgargi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros qolganligi; - ko’pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig’imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; - iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; - yuqori darajadagi inflyasiya; - infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi; - investitsion faollikning pastligi; - qonunchilik rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subyektlarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi g’ayriqonuniy faoliyat ko’rsatishi hamda huquqiy intizomning pastligi. Shuningdek, ichki tahdidlar ichida xufiyona iqtisodiyot o’ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun unga qarshi kurash iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar taqazo etiladi: birinchidan, jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etish bilan milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratish; ikkinchidan, jahonda sodir bo’layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta’kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta’sirini butunlay yo’q qilish, unga barham berish mumkin emas. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi: - eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo’qotilishi; - mamlakatning ko’p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi, bog’liqligi va boshqalar. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o’rin egallaydi. Mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot” darajasining yuqoriligi poraxo’rlik darajasining ham yuqori darajada bo’lishiga zamin yaratadi. Umuman, xufiyona iqtisodiyotning ma’lum bir davlat misolida qanchalik darajada rivojlanganligini aniq belgilab bo’lmaydi. Ushbu hodisaning mavjudligi natijasida yuzaga keluvchi bir qator omillar uning taxminiy darajasini mutaxassislar ishtirokida jahon mamlakatlarida mavjud bo’lgan “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushini aniqlaydi. “G’arb ekspertlarining ta’kidlashicha, mamlakat YAIM ning 40-50 foiz ini “xufiyona iqtisodiyot” tashkil etgan holat xavfli “bo’sag’a” hisoblanadi”. Milliy iqtisodiy tizimi ushbu ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan mamlakatlar o’zini juda og’ir holatga tushgan, deb hisoblashi lozim. Jahon amaliyoti tahliliga ko’ra, yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasini quyidagi omillar belgilaydi: - soliq solishning og’irligi; -olinadigan daromad miqdori; - ish vaqtining uzunligi; -ishsizlik miqyosi; -davlat sektorining roli. Mutaxassislarning fikricha, soliq va ijtimoiy to’lovlarning YAIM ga bo’lgan nisbati 33foiz bo’lsa, bu yashirin iqtisodiyot ko’payishining keskin nuqtasi hisoblanadi. Shuningdek, Dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida davlat qarzlaridan foydalanadilar, chunki ularning aksariyatida defitsit (taqchil) byudjetga ega bo’ladilar va ichki investitsiyalar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qilish, shuningdek tashqi qarzlar bo’yicha majburiyatlarini bajarish uchun o’z mablag’lari etishmaydi. Davlat qarzi haqidagi ilmiy tasavvurlar ko’p jihatdan J. M. Keyns ta’limoti bilan bog’liq. U byudjet taqchilligi, davlat xarajatlari, umumiy talab, xususiy jamg’armalar va ishsizlik o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni o’rganib defitsitli (taqchil) moliyalashtirish siyosatini amalga oshirishni taklif qilgan. Keyns davlat qarzining ikki tomonlama tabiatidan kelib chiqqan. Bir tomondan, davlat qarzi iqtisodiyotga qo’shimcha yuk bo’lib tushadi, chunki qarzni qaytarish uchun mamlakat yo soliq yukini oshirishi, yo byudjetning xarajat qismini kamaytirishiga to’g’ri keladi. Boshqa tomondan, davlat qarzi mamlakat ichida tovar va xizmatlarga talabni oshiradi, bu bilan iqtisodiy o’sishga yordam beradi, ya’ni u iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarali vositasi hisoblanadi. Davlat qarzi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga ham xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi: bir tomondan, u iqtisodiy tahdid hisoblanadi, boshqa tomondan – aksincha, jamiyat va insonning xavfsizligini ta’minlashga ko’maklashadi. Binobarin, davlat qarzi inson shaxsining turmush darajasi, sifati va rivojlanishi hamda iqtisodiy o’sishga ham barqarorlashtiruvchi, ham beqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy iqtisodiyotning jahon hamjamiyati bilan takror ishlab chiqarish jarayonlariga to’sqinlik qilmaydigan hamda tahdidlar xavfini keskin kamaytirishga imkoniyat beradigan o’zaro uyg’unlashish sharoitlarini yaratishga intiladi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar bo’yicha importga bog’liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish lozim. Buning uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni, mahsulotlarni eksport qilishga yo’naltirilgan mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqtisodiy ahvoli jahon bozorlaridagi konyuktura o’zgarishlariga, resurs baholarining o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat strategiyasi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi. Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qolishga barham berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish lozim bo’ladi. 4.1.-jadval. Download 453.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling