Mavzu: iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari tekshirdi: nosirov. X. b


Iqtisodiyot nazariyasi IQTISODIYOTNING BOSH MASALASI


Download 0.67 Mb.
bet2/6
Sana06.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1435974
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulvosiyeva Zilolaning Iqtisodiyot nazariyasi m.i

Iqtisodiyot nazariyasi IQTISODIYOTNING BOSH MASALASI

  • Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, „uy“) + νόμος (nomos, „odat“ yoki „qonun“), demak „uy (xoʻjaligi)ni yuritish qoidalari“ yigʻindisi οἰκονομία (oikonomia, „uy xoʻjaligini boshqarish“) soʻzidan olingan.Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan.
  • BOSH MASALASI: EHTIYOJLАRNING CHЕKSIZLIGI VА RЕSURSLАRNING CHЕKLАNGАNLIGI

IQTISODIYOT BU EHTIYOJ BU

  • Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur b o ‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
  • Insonning yashashi va kamol topishi, qolaversa, rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalardan biri - zarurat iqtisodiyot nazariyasi fanida “ehtiyoj” deb ataladi.

Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o ‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilaming yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun moddiy ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilaming o ‘zlariga foydali bo‘lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo‘lgan zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘zichiga oladi. M a’naviy ehtiyojlar kishilaming bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo'lish kabi moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan ko‘plab hayotiy zaruratlarni o ‘z ichiga oladi.Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o ‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling