Mavzu: iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari tekshirdi: nosirov. X. b


Download 0.67 Mb.
bet5/6
Sana06.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1435974
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulvosiyeva Zilolaning Iqtisodiyot nazariyasi m.i

Iqtisodiy munosabatlar subyektlari oʻrtasida moddiy boyliklarni taqsimlanishi.Asosiy taqsimlash, odatda, moddiy boyliklarni yaratish jarayonida, shu jumladan, mehnat taqsimotini hisobga olgan holda, mulk huquqi bilan ajratish shaklida amalga oshiriladi. Qayta taqsimlash soliq, xayriya, ijtimoiy taʼminot, yer, pul-kredit siyosati, musodara qilish, oila huquqi kabi ijtimoiy mexanizmlar yordamida pul yoki boshqa mol-mulkni bir shaxsdan boshqasiga oʻtkazish bilan bogʻliq. Bu atama odatda daromadlarni alohida shaxslar oʻrtasida emas, balki butun iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari oʻrtasida taqsimlanishini bildiradi.

Ishlab chiqarish bu

  •  Jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling