Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba
1-jadval. «Iqtisodiyot nazariyasi» boʻyicha turli darsliklarda uning predmetiga berilgan ta’riflar Mualliflari Ta’rif Manba L.S.Tarasevich, A.I.Dobrinin Ratsional xoʻjalik yuritish tizimining tarkibiy evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy oʻsishning omillari va qonuniyatlarini oʻrganadi Ekonomicheskaya teoriya. (Uchebnik dlya VUZov). Sankt- Peterburg, 1997, s.18. G.P.Juravleva, V.I. Vidyapin Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boʻlib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq- atvorini oʻrganadi Ekonomicheskaya teoriya
(politekonomiya): Uchebnik/ Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlevoy. – 4-e izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.31. V.D.Kamaev CHeklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni oʻrganishdan iborat Ekonomicheskaya teoriya: Ucheb. dlya stud. vыssh. ucheb. zavedeniy / Pod red. V.D.Kamaeva. – 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004, s.10. D.D.Moskvin Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan oʻzaro ta’sirini oʻrganadi Osnovы ekonomicheskoy teorii. Politekonomiya: Uchebnik /Pod red.
d-ra ekon.
nauk, prof.
D.D.Moskvina. Izd. 3-e, ispravl. – M.: Yeditorial URSS, 2003, s.24. E.F.Borisov Iqtisodiy munosabatlarni oʻrganadi Borisov Ye.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005, s.55. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti toʻgʻrisida bildirilgan barcha fikrlardan koʻrinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar oʻrtasida sodir boʻladigan munosabatlarni oʻrganishga alohida e’tibor berilgan boʻlsa, «Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning koʻpchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga boʻlgan munosabatini, xatti- harakatini oʻrganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga alohida e’tibor berilgan. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yoʻl qoʻymasligi lozim. CHunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablagʻlari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga boʻlgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining oʻzaro bogʻliqligi va bir-biriga ta’sirida oʻrganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta oʻzaro munosabatda boʻladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, oʻz xulq-atvorlarini, xatti- harakatlarini belgilaydilar. Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling