Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
4
Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof. Sh. Shodmonov, dots. G.Baubekova tomonidan
chiqarilgan «Инновационыe методы в пруподавнии экономической теории» kitobida batafsil bayon
etilgan.
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil
faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi?
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar
ichida qanday oʻrin tutadi?
6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yoʻnalishlar
vujudga kelgan?
7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi
kundagi ahamiyati nimalarda namoyon boʻladi?
8. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning
iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon boʻladi?
9. Iqtisodiyot nazariyasini oʻrganishda qanday usullardan foydalaniladi?
10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil oʻrtasidagi farq nimadan iborat?