Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng
oʻzlashtirish va qoʻllash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi boʻlib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul oʻzgaruvchi miqdorlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrgazmali qilib tasvirlaydi. Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi oʻzgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin boʻladi. Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyot – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur boʻlgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bogʻliqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim. Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat. Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida toʻplangan va mavjud boʻlgan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan vositalar, qoʻr-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xoʻjalikni samarali yuritish qonun – qoidalarini oʻrganishdan iboratdir. Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar oʻrtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydi. Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar. Uslubiyat – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yoʻllari, qonun-qoidalari, aniq hadislari tizimidir. Ilmiy abstraktsiya – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qoʻllaniladigan usullardan biri boʻlib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea-hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, fikrni asosiy oʻrganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga qaratishdir.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling