ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga boʻlgan zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur
boʻlgan koʻplab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat
buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) oʻz ichiga oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish,
malaka-mahoratga ega boʻlish, har xil xizmatlardan bahramand boʻlish kabi moddiy
koʻrinishga ega boʻlmagan koʻplab hayotiy zaruratlarni oʻz ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga
va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bogʻliq. Shunday buyum va xizmat turlari borki,
ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan,
dam olish joylaridan bahramand boʻlish, sport oʻyinlari va koʻngilochar tomoshalarni birgalikda
koʻrish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining oʻsishi, uning tarkibidagi oʻzgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar oʻrtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni toʻliq qondirish mumkin emas.
Jamiyatda har bir ma’lum davrda koʻplab qondirilmagan ehtiyojlar boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan
yangi buyumlarning paydo boʻlishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning ragʻbatlantirishi
natijasida ehtiyojlar oʻzgaradi va koʻpayib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil
qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning toʻxtovsiz
yangilanib va oʻsib borishi tabiiy boʻlib, uni oʻziga xos qonun orqali ifodalash mumkin.
Ehtiyojlarning miqdoran oʻsib, sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning oʻsib
Do'stlaringiz bilan baham: |