Mаvzu: Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi


Keng tarqalgan axborot texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 0.68 Mb.
bet4/5
Sana17.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1706348
1   2   3   4   5
Keng tarqalgan axborot texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Ma'lumotlarga ishlov berish texnologiyalari. Unning xususiyatlari
AT yordamida axborotlarga ishlov berish asosiy bosqichlari
Boshqaruvdagi axborot texnologiyalarini maqsadi korxonaning har qanday boshqaruv darajasida qaror qabul qilish bilan shug'ullanadigan barcha xodimlarning axborot ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bunday texnologiyalar odatda, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, tahlil qilish va tartibga solish uchun ishlatiladi.
2. Boshqaruv axborot texnologiyalari
Bunday axborot texnologiyalarining maqsadi - kompyuter tarmoqlari va boshqa axborot uzatish va ishlov berish vositalari asosida tashkilotning ichki va tashqi muhit bilan kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish va qo'llab-quvvatlashdir. Ko’lami va turlari korxona turiga, hajmiga va undagi axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasiga bog'liq bo'lgan turli axborot texnologiyalarining to'plami.
3. Tashkilot axborot texnologiyalari
Bugungi kunda tashkilotda eng ko'p ishlatiladigan axborot texnologiyalari
matnli hujjatlarni tayyorlash texnologiyalari
multimedia texnologiyalari
tarmoq axborot texnologiyalari
ma'lumotlar bazasi va banki texnologiyalari
Matnsiz ma'lumotlarga turli ishlov berish texnologiyalari
shaxsiy axborot texnologiyalari
Bu texnologiyaning asosiy maqsadi inson tomonidan kompyuterda tayyorlangan hisob-kitob ma'lumotlari asosida qarorlar ishlab chiqishdir.
4. Qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash axborot texnologiyalari (QQQQT)
Birinchi sinf QQQQT davlat organlarida va yirik kompaniyalarning boshqaruv organlarida kompleks maqsadli dasturlarni rejalashtirishda foydalanishga mo'ljallangan.
Ikkinchi sinf QQQQT - ma'lumotlar bazalari to'g'ridan-to'g'ri ijrochilar tomonidan shakllantiriladigan individual foydalanish tizimlari hisoblanadi. Ular o'rta darajadagi davlat xizmatchilari, o'rta va kichik korxonalar menenjeri tomonidan operatsion boshqaruv vazifalar uchun mo'ljallangan.
Uchinchi sinf QQQQT - bu foydalanuvchi tajribasiga moslashgan shaxsiy foydalanish tizimi hisoblanadi. Tizimni tahlil qilish va boshqarishning tez-tez uchraydigan amaliy muammolarini hal qilish uchun mo'ljallangan.
Ekspert tizimlarining (ET) asosiy maqsadi - bu tizimlar yo'naltirilgan bilim sohalaridagi muammolar bo'yicha ekspert mutaxassislarga maslahat berish imkoniyatini taqdim etishdir. Faqatgina bu tizimlargina insonning bevosita ishtirokisiz qaror qabul qilishga imkon beradi. Ekspert tizimlari tor bilim sohalarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. ET ma'lum bir sohada bilimlar bazasidan foydalanadi va sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling