Mavzu: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ishsizlikni kamaytirish yo’llari jarayonlari va ularning mehnat bozoriga ta’siri. Reja
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning salbiy oqibatlari
Download 24.71 Kb.
|
1 2
Bog'liqsovrinbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1 http://www.hozir.org/toshkent-moliya-instituti-qolyozma-huquqida.htmlpage=12
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning salbiy oqibatlariNarxlarni erkinlashtirish aholi turmush darajasining sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin. Pensiya oluvchilarga zarba ayniqsa kuchli bo'ladi, chunki ushbu toifadagi fuqarolar, odatda, munosib ish haqi bilan ish izlash uchun mehnatga layoqatli yoshda emas; va pensiya darajasi dastlab narxlar holatidagi kuchli va uzoq muddatli o'zgarishlarni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, mutlaqo noelastik talabga ega bo'lgan tovarlarning narxi osmonga ko'tarilishi mumkin, chunki bunday mahsulotlarga (masalan, tuz, non, dori-darmonlarga) talab har qanday narx o'zgarishi bilan o'zgarmaydi, shuning uchun xususiy ishlab chiqaruvchilar uchun narxni maksimal darajaga ko'tarish foydalidir ko'proq foyda olish uchun. Keyinchalik aholining qashshoqlashishi ular uchun bir qator xizmatlar va sifatli mahsulotlarning mavjud emasligiga olib keladi, bu esa o'z navbatida umr ko'rish davomiyligining pasayishiga, shuningdek, jamiyatning jinoyatchilik darajasining oshishiga sabab bo'ladi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, shuningdek, yangi bozor sharoitlariga moslashmagan korxonalarning (hatto juda yirik korxonalarning) so'nishiga, sifatsiz, ammo arzon import qilinadigan mahsulotlarning ustunligiga va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga putur etkazishiga olib kelishi mumkin. Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari Ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun yetarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o‘tib, yangi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar orttira oladi. Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o‘zi hal etishida yordam beradi, xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitida ro‘y beradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari, mehnat bozorida o‘zlarini qanday tutishni, o‘zlarining qanday huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o‘zini qanday tutishi lozimligini, ishga qay yo‘sinda yollanish, qay tarzda ish izlash kerakligi va hokazolarni bilishlari zarur bo‘lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta’lim berish Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazining bosh vazifasi bo‘lib qolishi kerak. Bu hozirgi paytda milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir. Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo‘nalishdir. Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabni rag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi sh o‘rinlari ochilishini rag‘batlantirishi lozim. Lekin davlat faoliyatining shu jihatini takomillashtirish talab etiladi. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga tatbiqan yetarlicha to‘g‘ri kelavermaydi. Biz umumlashtirgan va 9.7-chizmada keltirilgan aholini ish bilan bandlik siyosatining asosiy yo‘nalishlari ish bilan bandlik siyosati evolyutsiyasining faqat tarkibiy emas, balki tarixiy-mantiqiy tasvirini ham beradi. Aslini olganda, aholini ish bilan bandligining faol siyosatidan oldin yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishsizlarni hisobga olish, ro‘yxatga olish, ishsizlarni samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni ijtimoiy himoyalash uslublari (passiv siyosat) amalga oshirilishi mamlakatda zarur edi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, hukumat ishsizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi – dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so‘ngra uning o‘sishini rag‘batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning o‘sishini rag‘batlantirish uch yo‘nalishda amalga oshiriladi: • tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish; • ishchi kuchi taklifini rag‘batlantirish; • yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, xususiy tadbirkorlik bilan o‘z-o‘zini ish bilan band qilishni rag‘batlantirish (kasanachilik, uy sharoitida ochilgan mayda sexlar va boshqa). O‘zbekistonda ishsizlikning keskin ko‘payishi ish bilan band¬lik siyosatining me’yoriy evolyutsiyasi yo‘lidan izchil borishga vaqt qoldirmaydi. Shuning uchun ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil dasturlari mo‘ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha yo‘nalishlarini bir yo‘lga qamrab olishga urinilmoqda. Bu yerda eng avvalo, aholini ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo‘llaniladigan moliyaviy mablag‘larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan mablag‘larning har bir so‘mini ish bilan bandlikning o‘sishi ko‘rinishidagi samara bilan qaytishi uni qayerga yo‘llash kerakligini aniqlash kerak bo‘ladi. Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mehnat bozoridagi vaziyatni xolisona baholash, mehnatga layoqatli aholi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash hamda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini shakllantirishda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari hamda Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda respublikaning jami mehnat resurslari 18,3 mln kishini tashkil etib, shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil et¬moqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular ja¬mi mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2015 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi. Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobi-liyati kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda. Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. KBXT rivojiga keng yo‘l ochib berilganligi aholi bandligining oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat barqarorligini ta'minlovchi kafolat vositalaridan biriga aylandi. Bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Daromadlar ortib borishi esa, o‘z navbatida, oilalarning moddiy ahvolini sifat jihatdan o‘zgartiryapti. Bu eng muhim, ta'bir joiz bo‘lsa, ustuvor ahamiyatga ega. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish imkonini bermoqda. Qayd etish kerakki, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, chuqur qayta ishlangan mahsulot hajmini ko‘paytirish, qishloqqa sanoatni olib kirishni samarali tashkil etish hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini mutanosib ravishda joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 2015 yilda aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoqlar tuzilmasida quyidagi manzara hosil bo‘ldi: • sanoatda 1668,3 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 12,8 foiz; • qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ulushi 27,7 foiz; • qurilishda 1248,5 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 9,6 foiz; • transport va aloqada 710,7 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 5,4 foiz; • savdo va umumiy ovqatlanishda 1481 ming kishi; • ijtimoiy sohalarda 3053 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 23,4 foiz; • KBXTning jami bandlikdagi ulushi 78 foizni tashkil etdi. Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda. Iqtisodiy faol aholi bandligini hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda o‘ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin. Birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (65 %), Jizzax (63,4 %), Namangan (67,5 %), Qashqadaryo (70,1 %) va Surxondaryo (71,4 %) viloyatlarida mehnat resurslarining, ya'ni aholining iqtisodiy faollik darajasi pastligi kuzatiladi. Shuning hisobiga mazkur mintaqalarda band aholining jami mehnat resurslaridagi ulushi respublika ko‘rsatkichiga nisbatan ancha past ko‘rinishga ega. Ushbu holatlar mazkur hududlardagi demografik jarayonning murakkabligi bilan bog‘liq. Ikkinchidan, hududlar bo‘yicha aholi va mehnat resurslarining notekis taqsimlanganligi sababli ish bilan band bo‘lganlar soniga ko‘ra viloyatlar o‘zaro farqlanadi. Jumladan, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, respublika bo‘yicha jami ish bilan band aholining ulushi yuqori bo‘lgan hududlarni Samarqand (11,1 %), Farg‘ona (10,9 %), Qashqadaryo (9,4 %), Andijon (9,3 %), Toshkent (8,8 %) va Namangan (8,3 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (8,4 %)ni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo (2,7 %), Navoiy (3,2 %), Jizzax (3,4 %) va Xorazm (5,3 %)ga teng ekanligini ko‘rish mumkin. Uchinchidan, ishlab chiqarish kuchlari notekis joylashganligi sababli hududiy tarmoqlarda bandlik turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand hamda Buxoro viloyatlarida aholining sanoat, qurilish, transport sohalarida bandligi nisbatan yuqori. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yuqori deyish mumkin. Qayd etilgan mulohazalar mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi»ni yanada takomillashtirgan holda «Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va istiqbol balansini ishlab chiqish metodikasi»ni ishlab chiqish hamda respublika hududlarida uni amaliyotda qo‘llanilishini joriy etish lozim. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi: • aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash; • mehnat bozori talab va taklifi balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash; • hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash; • ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash. Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ularning namoyon bo’lish xususiyatlari Ishsizlik muammolarini etarli darajada tadqiq qilmasdan ishchi kuchi bozori va ijtimoiy mehnat munosabatlari tushunchalarini tasavvur etish qiyin hisoblanadi. Ishsizlik – bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad – ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimov ushbu masalada alohida to’xtalib, “... kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o’zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta’minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, yangi ish o’rinlarini tashkil qilishda va aholi daromadlarini oshirishda qanchalik o’ta muhim rol o’ynashini albatta chuqur anglaymiz” 4 – deya ta’kidlab o’tgan. Darhaqiqat, jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ish joylarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak. Qolaversa, jahon hamjamiyati bilan uyg’un holda ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni jadal rivojlantirib borish lozim. Ma’lumki, Xitoy va Hindiston mamlakatlari dunyo hamjamiyati davlatlari o’rtasida aholisining jadal o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz aholisi soni esa har yili o’rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli ishchi kuchi resurslari soni esa 250-300 ming kishiga ko’paymoqda. Bunday vaziyat, o’z navbatida, ishchi kuchining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirish borasida uzluksiz ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etmoqda. Buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish joylarini yaratish bo’yicha chora- tadbirlar ishlab chiqish zarur. Aks holda, ishsizlar sonining ortib borishi aholining turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shu nuqtai-nazardan avvalambor, ishsizlik tushunchasi va uning mazmunini chuqurroq o’rganmog’imiz lozim. Chunki, mavjud muammolarning oldini olishdan oldin, uni muntazam va chuqur ilmiy o’rganish – davr talabidir. Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 13-konventsiyasi ta’rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda – ish joylariga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Masalan, AQShda so’nggi bir hafta mobaynida ish bilan band bo’lmagan, so’nggi to’rt hafta davomida ishga joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga murojat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolar ishsiz shaxs deb e’tirof etiladilar5. Yaponiyada ishsiz shaxs deb so’nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so’nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar tushiniladi. Ayrim malakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan bo’shatilgan va mehnat stajiga ega bo’lganlar tushuniladi. O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuniga binoan «… ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlash huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar etirof etiladi». Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rtta shart mavjud bo’lishi lozim. Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun hujatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, «Mehnat kodeksi»ning 77- moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan; Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim; Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligi, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi; To’rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim. Ishsizlik tushunchasiga aniqlik kiritib, shuni ta’kidlash kerakki, ishsizlar – bular shunday kishilarki, ular ishchi kuchi bozorida o’z xizmatlarini faollik bilan taklif qiladilar, ish qidiradilar, bu narsa ish bilan bandlikning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga olinishi darkor. Ba’zan «ishsizlar» tushunchasining iqtisodiyotda ish bilan band bo’lmagan mehnatga qobiliyatlilar sifatida keng ma’noda talqin qilinishi maqbul emas, chunki u faol ish qiridayotganlarni ham, ish qidirmayotganlarni ham, shuningdek, haq to’lanadigan ish o’rnini egallash uchun da’vogarlik qilayotgan, lekin unga o’zining kasb-malaka jihatidan yaroqli, sog’lig’i, ichki uyushqoqligi bilan mos kelishiga yordam bermayotgan shaxslar ham kiritilardi. XMT sandartlariga ko’ra, ishsizlar sirasiga muayyan yoshga etgan, hisobot davri mobaynida ishsiz bo’lib, darhol ishga tushishga tayyor bo’lib turgan va faollik bilan ish qidirayotganlar kiritiladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda ishsiz degan maqomga ega bo’lgan kishi quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim: - ishsizlar bandlik xizmati idoralarida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olinishlari darkor; - ishsiz deb hisoblanish uchun fuqaro faollik bilan ish qidirishi (odatda bandlikka ko’maklashuvchi organ xizmatiga murojaat qilishdan bir – to’rt hafta ilgari) kerak bo’ladi; - ishsizlar maqomi va ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqi faqat ilgari ishlagan shaxslarga beriladi; - ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim; - ishsiz fuqaro o’zi uchun bandlik xizmati «mos keladi» deb hisoblagan ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim; - ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega bo’lmasligi kerak; - ishsiz fuqaro muayyan oylar mobaynida ishsizlik bo’yicha nafaqa olib turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori kamaytirildi yoki uni to’lash mutlaqo to’xtatiladi6 . Ishsizlik darajasi – ishchi kuchi bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’g’risida tasavvur beradigan asosiy ko’rsatkichdir. Ishsizlik darajasi (N) davrning boshi (yoki oxiri)dagi ahvolga ko’ra tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilar sonining (I) ana shu sanadagi iqtisodiy faol ishchi kuchi resurslari soniga (F) nisbati sifatida aniqlanadi: N = I / F * 100% (1) Ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlari: - ish bilan to’liq va samarali bandlikni birga qo’shib olib borishni balansli holga keltirish; - mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat sohasida inson huquqlari hamda vazifalarining uyg’unlashuvi, xodimlarning ijtimoiy boqimandaligiga barham berish, munosib turmushni ta’minlaydigan ish topish imkoniyati uchun fuqaro bilan davlatning baravar ma’suliyati; - mehnat samaradorligini oshirish yo’lida uni sarflash tarmoqlari, sohalar, kasblar va hududlar o’rtasida ishchi kuchining erkin harakati; - yangicha mehnat sababi, tadbirkorlik va xodimlarning yuqori unumli mehnat qilishdan kuchli manfaatdorligi; - bozor iqtisodiyotining salbiy oqibatlarini mehnatkashlar manfaatini ko’zlab, aniq maqsad bilan yumshatib borish. Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat xususiyatlarini belgilab beradi, ularning shakllanishiga tegishli ish bilan bandlik sifati mos kelishi lozim. Bunda ish bilan bandlik siyosatining maqsadlari ish bilan bandlikning normativ holatini aks ettirishi kerak, hozirgi kun muammolarini hal qilish bilan bunday holatga erishish mumkin. Ish bilan bandlik siyosati bir necha darajaga egadir: umumdavlat(makrodaraja), mintaqaviy va mahalliy darajalar. Ish bilan bandlik siyosatining barcha darajalari yagona ish bilan bandlik kontseptsiyasi bilan birlashgan bo’ladi, bu kontseptsiya iqtisodiy rivojlanishining qabul qilingan tipini aks ettiradi. Makrodarajadagi ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqtisodiyotidagi ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlarini shakllantirishga: fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalga oshirish va yuqori turmush darajasiga erishishning zarur sharti bo’lgan ish bilan to’liq bandlikni ta’minlashga qaratilgandir. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti boshqaruv usullarida iqtisodiyot samaradorligini oshirishga, xo’jalik yuritish sohasi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan ish o’rinlarini siqib chiqarishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining iste’mol talabini qondirish uchun ishchi kuchini qayta guruhlarga bo’lishga qaratilgandir. Bunday sharoitda ish bilan to’liq bandlikka ko’maklashish strategik maqsad bo’lib qoladi. Bu erda gap ishchi kuchi resurslarini mehnat sohasi, o’qish va ixtiyoriy bandlik sohalari o’rtasida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qayta guruhlarga bo’lish haqida bormoqda. Ish bilan bandlik sohasini demokratlashtirish, mehnat kishisini ozod qilish ish bilan bandlikning qattiq tartibga solingan shartlaridan voz kechish, mehnatga qobiliyatli aholining turli guruhlari shaxsiy manfaatlari bilan kasb imkoniyatlarini baravarlashni bildiradi. Tadbirkorlik yoki bajaruvchilik faoliyati, davlat xizmatini yoki o’z tijorat ishlarini ma’qul ko’rish butun mehnatga qobiliyatli davr mobaynida yoki uning ayrim bosqichlarida ishlash, mehnat rejimining turli-tumanligi – bularning hammasi fuqarolarning xilma-xil kasbiy manfaatlarini qondirish uchun zarurdir. Shu sababli ish bilan bandlik sharoitlarining xilma-xilligiga o’tish qanchalik faolroq amalga oshirilsa, yuqori unumli mehnatning yangicha mehnat sababi shunchalik tez paydo bo’ladi va ish bilan to’liq bandlikni ta’minlash imkoniyati kengayadi. Ish bilan bandlikning moslashuvchanligi muammosida asosiy narsa – tanlashning ixtiyoriyligi va mehnatni kamroq vaqt ichida ishlab, durustgina ish haqi olish imkonini beradigan qilib tashkil etishdir. Hozircha bozor vositalari to’liq ishlashga erishilmagan ekan, davlatning muqobil mehnat rejimlarini rivojlantirishga ko’mak berishini kuchaytirish zarur bo’ladi. Korxonalar bilan mulkchilik va xo’jalik yuritishning turli shakllari mehnat rejimlari o’rtasida ishchi kuchi samarali kelib turishi uchun yaxshi o’ylab ko’rilgan daromadlar siyosati va ularning darajasini soliq tizimi bilan tartibga solib turish kerak bo’ladi. Ish haqining o’sishiga xo’jalik yuritish sub’ektlaridan cheklashlarni olib tashlanishi byudjetdan mablag’ bilan ta’min etiladigan tashkilotlar xodimlarini moddiy rag’batlantirishning puxta o’ylangan chora-tadbirlari bilan qo’shib olib borilishi kerak. Bu ma’lum darajada aqliy mehnatni (ilm – fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat) rag’batlantirish bilan bog’liqdir. Butun iqtisodiyotni isloh qilishning va ish bilan bandlikning sifat jihatidan yangi holatini tarkib toptirishning eng keskin muammolaridan biri mehnat sababidir. Mehnat sababi mehnat sharoitlarining umumiy majmuiga va inson hayotiga, xususan, insonning hozir ishlayotganidan ham samaraliroq ishlay olish qobiliyatiga bog’liqdir. Shuning uchun mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari, mehnatga haq to’lash va butun taqsimlash siyosatini isloh qilishdan tashqari xodimni yaxshi ishlashga rag’batlantirish, jadal va yanada samaraliroq mehnat qilish qobiliyati kasb malakasi etarli darajada yuqori bo’lgan va ishchanlik qobiliyati rivojlangan sharoitdagina barqaror bo’lishi mumkin. Insonning sog’ligi va uning ishchanlik qobiliyatini tiklash sharoitlari ham ma’lum darajada ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning sog’liq nuqtai-nazaridan ishchi kuchining sifatiga bo’lgan talablari ortib boradi. Bundan tashqari, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni chuqur qayta qurish sharoitlarida mehnat sabablarida birinchi o’ringa fuqarolarning ijtimoiy kayfiyati chiqarilmoqdaki, bunday kayfiyat deganda hozirgi vaqtda turmush sharoitining haqiqatda yaxshilanishiga emas, balki ijobiy siljishlarning muqarrarligiga, tanlangan islohotlar yo’lining to’g’riligiga, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning adolatli ekanligiga ishonchning mavjudligi ham tushuniladi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya haqida ko’p gapirilmoqda, lekin u ko’pincha tor ma’noda, davlatning ishsizlarga, ayniqsa, aholining ijtimoiy eng nochor qismiga yordami tariqasida tushuniladi. Xulosa: xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ishsizlik-bu aholining mehnatga layoqatli qismi ish topishga harakat qilsa-da, lekin ish topa olmasa yoki ishlashni xohlamasa, demak, mehnat sharoitlari. mehnat bozori taklif qilayotganlar ularning talablariga mos kelmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 http://www.hozir.org/toshkent-moliya-instituti-qolyozma-huquqida.html?page=12 2. https://fayllar.org/mehnat-iqtisodiyoti-fanidan-kurs-ishi-mavzu-ishsizlikning-keli.html?page=5 3. https://dictionary.tsue.uz/soz/IQTISODIYOTNI-ERKINLASHTIRISH Download 24.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling