Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aylanma mablag‘larni korxonaning iqtisodiy barqarorligigi ta’siri. Reja
Download 82.94 Kb.
|
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aylanma mablag‘larni korxonaning iqtisodiy barqarorligigi ta’siri
Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aylanma mablag‘larni korxonaning iqtisodiy barqarorligigi ta’siri. Reja: KIRISH 1. Byudjet siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2.Byudjet siyosati xususiyatlari va vazifalari. 3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili 4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari XULOSA KIRISH Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi. Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda 1.Byudjet siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: ♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi; ♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi; ♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta`sir ko`rsatdi. Bular o`z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida o`z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta`minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo`nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo`g`inlari bilan birga sud hokimiyatining bo`g`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan 8 soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to`lovlarning o`z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o`rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo`llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to`lovchilar qatnashishi mumkin, ya`ni bunda soliq to`lovchilarning o`zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin. 2.Byudjet siyosati xususiyatlari va vazifalari. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2018-yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi atroflicha muhokama qilindi. 2018-yilgi byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda shakllantirilganligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasining 2018-yil uchun asosiy ko‘rsatkichlari e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, 2018-yilda Davlat byudjeti daromadlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,4 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetiga tushumlar yalpi ichki mahsulot nominal o‘sishiga mos ravishda 25,9 foiz ortishi kutilayotganligi qayd etildi. Asosiy moliyaviy hujjatda 2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini pasaytirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratma miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda. Iqtisodiyot xarajatlarining asosiy qismini tashkil etayotgan 2 trillion 741,8 milliard so‘m hajmdagi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi obyektlarini saqlash xarajatlari bilan bog‘liq masalaga fraksiya a’zolari alohida e’tibor qaratdi. Bunda joriy yilga nisbatan 9,4 foiz o‘sish bilan yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,9 foiz miqdorida belgilash nazarda tutilmoqda. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2018-yilgi prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2022-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan maqsadli parametrlar asosida prognoz qilingan. Dastur doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasidan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari uchun 2018-yilda 553,4 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. E’tiborga molik jihati, ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 276 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi hamda fermer xo‘jaliklarining daromadlari oshishiga erishiladi. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2018-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasi chog‘ida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, soliq qonunchiligiga soliq nazorati talablarini ta’minlaydigan qo‘shimcha mexanizm va instrumentlarni kiritish yo‘li bilan soliq ma’murchiligini yaxshilash va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish ko‘zda tutilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi. 2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasida madaniyat sohasi uchun xarajatlar 693,7 milliard so‘mni tashkil etayotgani, jumladan, milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqish uchun 30 milliard, mamlakatimizning me’moriy-tarixiy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini asrab-avaylash, shuningdek, yanada ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash va restavratsiya qilish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun 38,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganligi aytildi. Muhokamalar chog‘ida «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‘asi ostida jahon bozoriga mahsulot chiqarishga hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ahd qilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida loyiha xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi ta’kidlandi. Xususan, arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoiti yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoyalashning manzilliligini va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 2018-yilda ta’lim xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 22,9 foiz o‘sishi rejalashtirilgan. Xususan, mazkur mablag‘lar 260 maktabgacha ta’lim muassasasini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 157 muassasani mukammal ta’mirlash va jihozlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini joriy saqlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu esa ta’lim sifatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz. Prognoz yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 9,6 trillion so‘mni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 30,9 foiz o‘sgan. Bu esa mazkur tizimni isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlarning moliyalashtirilishini va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Kelgusi yilda tibbiyot muassasalari, birinchi navbatda, oilaviy poliklinikalarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash uchun shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga 915,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida kelgusi yilda ilm-fan sohasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilganligi qayd etildi. Jumladan, 2018-yilgi byudjetnoma loyihasida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 380,2 milliard so‘m mablag‘ yoki 2017-yilga nisbatan 34,5 foiz oshirish belgilangan. Shuningdek, bosh moliyaviy hujjat loyihasida sog‘liqni saqlash tizimiga ham katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu soha xarajatlari uchun 9,6 trillion so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Xususan, birinchi tibbiy yordam xizmati, tez va shoshilinch tibbiy yordam, oila sog‘lig‘ini mustahkamlash, ona va bola himoyasi, tibbiyot muassasalarida ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlarning mavjudligi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish sifatini kuchaytirishga birlamchi ahamiyat qaratiladi. Ekoharakat deputatlar guruhining yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasida atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar miqdori 307,1 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Shu jumladan, yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasi orqali 2017-2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, yo‘q qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard so‘m yo‘naltirish taklif etilmoqda. Aholi punktlarini obodonlashtirish, ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash uchun xarajatlar yo‘naltirildi. Budjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi. Budjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning mamlakatimizda zamonaviy budjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, budjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. “Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi”-deydi prezidentimiz I.A. Karimov o’z ma’ruzalarida1. Darhaqiqat davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu mablag’lardan foydalanish va davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minnlash dolzarb masaladir. Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida budjet masalalarida juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar mavjud. Budjet daromadlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi, hamma vaqt ham budjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, budjet defitsiti darajasini belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana shunday muammolar qatoriga kiradi. Mamlakatning budjet tizimi va budjetdan moliyalashtirishni ham takomillashtirishga muhtoj. Aynan shuning uchun ham biz tomondan tanlangan ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishdagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. - Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat budjetining ahamiyatini o’rganish; - Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy – huquqiy asoslarini o’rganish; - Davlat budjeti xarajatlarining hozirgi holatini tahlil qilish; - Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibini tahlil etish; - Davlat budjeti xarajatlarining g’azna ijrosini takomillashtirish masalalarini tadqiq etish; - Natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirish tizimini qo’llash orqali davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minlashni tadqiq etish; - mavzuga oid bo’lgan umumiy xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqish. Davlat budjeti xarajatlari ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan amaliytavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda. davlatning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: 1. Bozor xo’jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonuniy xujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish; 2. Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash,iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish; 3. Asosiy ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash; 4. Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish; 5. Davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasi va milliy havfsizligini ta’minlash; 6. Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o’z funktsiyalarini kengaytirib borish imkoniyati ortib boradi. Davlat o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lga strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi. Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar dahlsizligini ta’minlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo’lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo’ladi. Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ihtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq: - iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga; - davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga; - korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga; - jamiyat tomonidan xal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga, - iqtisodiyotda va ijtimoiy soha tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning ko’lamiga va boshqalar. Davlat budjetida to’planayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Davlat budjetining maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Davlat budjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir. Sub’ektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda Davlat budjetining tartibga soluvchi o’rni quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: – moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish; – moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud bo’lgan budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi; – qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar. O’zining mohiyatiga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo’lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo’lgan barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, Davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinn egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda hukumat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi o’rni faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Yagonalik va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi Davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy budjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona Davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda oshkoralik ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining budjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat budjeti orqali taqsimlash, bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish; 3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari). Umuman olganda davlat budjetining ahamiyatini biz quyida keltirilgan 1.1- rasmda kurishimiz mumkin . Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatini iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi. Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’ oladigan barcha sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’ektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi. Budjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Budjet mablag’laridan foydalanishning eng yuqori natijaliligi ta’minlangan sharoitdagina taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini echish, ikkinchi tomondan esa, budjet mablag’lari oluvchilar daromadlarining o’sishi hisobidan pul mablag’larining budjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin; budjet mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. Yuridik shaxslar budjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan budjet asosida olishi mumkin. Bu printsipga qat’iy rioya qilish budjet mablag’laridan samarasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi; ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’larning foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag’larini taqdim etish. Budjetdan moliyalashtirishning ko’rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi; budjet mablag’larining qaytariluvchan emasligi. Budjet mablag’lari sub’ektlarga ularni majburiy ravishda budjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi; budjet mablag’larining tekinligi. Budjetdan mablag’lar sub’ektlarga foiz ko’rinishida qandaydir daromadlarni davlatga to’lamasdan yoki mablag’larni to’lashning boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi. Umumiy printsiplar bilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibig quyidagilar kiradi: faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet mablag’larini ajratish budjet mablag’larining o’lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoshuvidan foydalanish; budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit metodi orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish printsipi va boshqalar. Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari budjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi: budjet tashkilotini saqlash uchun mablag’lar; davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining shartnomalari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to’lash uchun mablag’lar; aholiga transfertlar; jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan mablag’lar; quyi budjetlarga va davlat maqsadli fondlariga dotatsiya, subventsiya va ssudalar; harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar; baholardagi farqni qoplash. Amaliyotda budjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi: 1) xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish; 2) xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish. Quyida keltirilgan 1.2-rasmda biz davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini keltirib o’tamiz. Davlat budjeti xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Budjet mablag’lariga egalik qiluvchilar – budjet mablag’larini oluvchilar yok boshqaruvchilar bo’lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet mablag’larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi. Davlat budjeti xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida kuyidagicha amalga oshiriladi: -budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; -joriy budjet transfertlari shaklida; -kapital xarajatlar shaklida: -asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat eіtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; -chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; -davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; -kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida; -rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida; -davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida; -davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. -O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunining 22- moddasiga ko’ra respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport. -(respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha); -ijtimoiy ta’minot; -mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; -sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; -davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; -davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; -davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; -iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash; -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; -er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish; -qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; -gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari; -qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi (yuqoridagi qonunning 23-moddasi) (1.3-rasm): -fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha); -ijtimoiy ta’minot; -aholini ijtimoiy himoya qilish -Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; -iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjet tashkilotlarini saqlash; -qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; -qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. Budjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari budjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda budjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga , operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. XULOSA
Huddularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2001. 39b.(o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) 2.“Budjeti tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 14.12.2000y.(o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) 3. “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 26.08.2004. (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) 4. Malikov T.S., Haydarov N.X. Budjet daromadlari va xarajatlari. - Tashkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 y. 22. Malikov T.S., Haydarov N.X. Davlat budjeti.- Toshkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2007y. 5. Z.Srojiddinova. O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi. «infoCOM.UZ». Toshkent-2015y. Download 82.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling