Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari


Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va investitsiya dasturlarini shakllantirish bosh boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari


Download 0.8 Mb.
bet4/15
Sana09.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1180211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Новый документ

1.3 Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va investitsiya dasturlarini shakllantirish bosh boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari.

Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari:


O‘zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirishga va iqtisodiyotini jaxon iqtisodiyot tizimiga keng integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan, hududlarning keng qamrovli rivojlanishini va tarkibiy siyosat maqsadlariga erishishni ta'minlovchi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarning takliflari asosida qisqa va o‘rta muddatli Investitsiya dasturlar ishlab chiqish, buyurtmachilar (tashabbuskorlar)ning investitsiya loyihalari va moliyalashtirish manbalari kesimida Investitsiya dasturi loyihasini tayyorlash;
investitsiyalarni prognozlash, qisqa va o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini shakllantirish sohalarida respublika vazirliklari, idoralari, konsernlari, uyushmalari, korporatsiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini monitoring qilish;
iqtisodiyotni rivojlantirishning ko’p-variantli makroiqtisodiy senariylari, iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishni o’rta muddatga prognozlashtirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining qisqa va o’rta muddatli prognozlarini va dasturlarini, tarmoqlarni texnologik qayta jixozlash va modernizatsiya qilish, ilg’or resurtejamkor texnologiyalarni joriy qilish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa muddatli va istiqbolli prognozlarini, investitsiya va tarkibiy siyosatning respublika maqsadli dasturlarini shakllantirish va ishlab chiqish bo’yicha monitoring va ishlarni muvofiqlashtirish qilish;
davlat investitsiya dasturlarining bajarilish monitoringini, tasdiqlangan dasturga muvofiq tegishli qurilishning va olib borilayotgan loyiha-izlanish ishlarining manzilli ro’yxatlarini kelishishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan iqtisodiyotning bazaviy (asosiy) tarmoqlaridagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar, shuningdek xorijiy sarmoyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha monitoring olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi faoliyatini loyihalrni o’z vaqtida ekspertiza qilish va moliyalshtirish qismi bo’yicha monitoring qilish;
uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy o‘zgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlari asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirish taklif qilinayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi;
Respublika uchun ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya tuzilmalari hamda donor mamlakatlarini jalb qilish uchun, ular bilan istiqbolli va amalga oshirilayotgan dasturlarga loyihalarni kiritish uchun takliflar tayerlaydi;
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta o‘zgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi;
boshqarma xodimlarining tegishli masalalari (kuratorlik) bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilash.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling