Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari
O’zbekistonda metallurgiya sanoati
Download 0.8 Mb.
|
Новый документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli metallurgiya sanoati.
2.2 O’zbekistonda metallurgiya sanoati.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida 1 noyabr holatiga ko‘ra 974 ta metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida 63,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi. Tarmoqning 2019 yil yanvar–oktyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 % ni tashkil etgan. Xususan: Mis sim ishlab chiqarish 102,1 %; Alyuminiy sim ishlab chiqarish 104,8%; Po‘latdan tashqi diametri 406,4 mm dan katta bo‘lmagan, dumaloq kesimli, payvandlangan, neft va gaz quvurlarini ishlab chiqarish 124,9% ga oshgan. Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,5 % (30 ta metallurgiya korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,8 % (131 ta), hamda Toshkent shahri 5,8 % (281 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi. Rangli metallurgiya sanoati. Sanoatning ushbu turining rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu yerda qadimda misdan, qalay, kumush va oltindan ularni qayta ishlash (eritish, quyish, qizdirish) orqali buyumlar, nAQSHlar, bezaklar tayyorlangan, tanga pullar zarb qilingan. Qadimda Farg'ona va Zarafshon, Chirchiq va Ohangaron, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bir qancha shaharlarda zargarlik, misgarlik temirchilikning, rivojlanganligi rangli metallar va ularning qotishmalaridan mahalliy aholi foydalanganidan guvohlik beradi. Rangli metallurgiya 30-yillarda mahalliy mineral xom ashyo resurslari zamirida sanoatning alohida tarmog'i tarzida shakllandi. Respublikamiz hududi rangli metall xom ashyolariga juda boy. Bir qancha rangli metall zahiralari bo'yicha O'zbekiston MDHdagina emas, balki jahonda oldingi o'rinlarda turadi. Masalan, u oltin zahiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinda, uni qazib olish bo'yicha 7-o'rinda turadi. Mis, uran zahiralari bo'yicha dunyoning oldingi o'nlik mamlakatlari qatoridan o'rin olgan. Bu yerdagi rangli rudalar tarkibida rux, qo'rg'oshin, kumush, molibden, volfram, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ko'pdir. Rangli va nodir metallning yirik zahiralari Markaziy Qizilqum, Janubiy Tyanshyan', Chotqol-Qurama, Nurota, Molg'uzor, Janubiy Farg'ona mintaqalarida joylashgan. Topilgan konlarni sanoat miqyosida o'zlashtirish yo'lga qo'yilmoqda. Shuning uchun ham endilikda O'zbekiston rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha jahonda oldingi o'rinlardan birini egallamoqda. Oltin qazib olish sanoati. O'zbekistonda birmuncha oldin mazkur sanoatning tarmog'i shakllangan bo'lsa ham, u o'zga regionlarga xizmat qilar edi. Faqat mustaqillik natijasida oltin sanoatida rivojlanish ning yangi bosqichiga qadam qo'yildi. Mamlakatda olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida kattagina oltin zahiralariga boy bo'lgan Muruntov, Olmaliq, Marjonbuloq, Chormitan, Kuchbuloq, Kauldi, Chodak, Kizilolmalisoy, g'o'zaksoy, Qoraqo'ton, Pirmirob kabi 30 dan ortiq oltin konlari topilib, ularning bir qismi sanoatda ishlatilmoqda. Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin konining butun dunyoga dong'i ketgan. Mamlakatimizda oltin sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda, bu ishga chet el investisiyalari, mutaxassislari, texnika va texnologiyalari jalb qilinmoqda, qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. 1992 yili «O'zbekoltin» birlashmasi negizida endilikda O'zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar davlat qo'mitasi tashkil etildi va u 1994 yilda O'zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi («O'zolmosoltin»)ga aylantirilgan. «O'zolmosoltin» uyushmasi (Toshkent shahri) va uning boshqaruvi Navoiy shahrida bo'lgan «Qizilqumkamyobmetal-loltin» konserni (1991 yildan) faoliyat ko'rsatmoqda. «O'zolmosoltin» tarkibida Angren (Angren shahrida), Marjonbuloq (Jizzax viloyati), Chodak (Namangan viloyati), Kauldi {Toshkent viloyati), Zarmitan (Samarqand viloyati) oltin qazib olish konlari, shuningdek, «Qizilqum» (Toshkent), «Zarnisa» (Angren) oltin izlovchilar artellari, O'rta Osiyo rangli metallar ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti (Toshkent), «Olmos» olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati, Burchmulla) va boshqa oltin qazib olish sanoati bilan bog'liq tashkilotlar bor. Mamlakat oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi «Qizilqumkamyobmetalloltin» konsernining bosh korxonasi - Navoiy konmetallurgiya kombinatidir. Mazkur kombinat mamlakat oltin sanoatining durdonasi hisoblanadi. U dastlab 1958 yilda Muruntov va Qizilqumning boshqa sochma oltin konlarini ishga tushirish maqsadida qurilgan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Mazkur shaharlarda yangi quvvatlarni ishga tushirish va shu orqali oltin qazib olish sanoatining quvvatini oshirib borish yil sayin jadallashmoqda. Shuning ham O'zbekistonning jahon oltin sanoatida mavqei oshib bormoqda. 1991 yilda O'zbekiston jahonda oltin qazib olish bo'yicha sakkizinchi o'rinda °Ulgan bo'lsa, endilikda u yettinchi o'ringa chiqib oldi. O'zbekistonda oltin sanoatini rivojlantirshp jarayonida xorij texnologiyasidan keng foydalanilmoqda. Jumladan, oltin sanoatini keng rivojlangan AQSH bilan hamkorlikda 1993 yilda Zarafshonda Muruntov ruda chiqindilardan oltin ajratib olish yuzasidan «Zarafshon-Nyumont» qo'shma korxonasi (yillik quvvati 12-13 tonna) qurilishi boshlangan edi. Bu gigant qurilishiga 150 mln. AQSH dollari investisiya qilinib g'oyat qisqa fursatda - 1995 yil. ning may oyida mahsulot beraboshladi. Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning «Lonro» firmasi bilan hamkorlikda Markaziy Qizilqumda oltin rudalari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish maqsadida «Amantaytu Golfildz» qo'shma korxonasi qurila boshlandi. «Lonro» firmasi ushbu dasturga boshlang'ich mablag sifatida 250 mln. AQSH dollarini investisiya qildi. O'zbekiston oltin sifati jihatidan jahonda eng yuqori o'rinlarda turadi. Uning sifati to'rtta - 9999 bilan ifodalanadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (1994). Mis va boshqa rangli metallar qazib olish va ishlab chiqarish sanoati mamlakat mashinasozlik sanoatida alohida o'rin tutadi. O'zbekistonda rangli metallurgiya sanoatining mazkur tarmoqlari 1930 yillarning, O'rtalaridan boshlab shakllana boshladi. 1935 yilda konlarni ishga solish jarayonida volfram-molibden, 1941 yilda flyuorit, 1952 yilda qo'rg'oshin-rux, 1955 yilda mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi. Endilikda mamlakat rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonalari Olmaliq va Navoiy tog'-metallurgiya kombinatlari, O'zbekiston qiyin eriydigan va issiqka bardoshli Chirchiq qotishmalar kombinati, Ingichka hamda Quytosh kon boshqarmalari va boshqalardir. Mamlakat rangli metallurgiyasida oltindan keyin misning salohiyati katta. Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatining asosiy mahsulotlaridan biri ham misdir. Mazkur kombinatda uni qazib olish, boyitish, pishirish, eritish, xomaki va so'ngra toza mis tayyorlash jahon andozalariga javob beradigan darajada yo'lga qo'yilgan. Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati mamlakat rangli metallurgiya sanoatining majmuasi va ko'rki. Tarmoqning yetakchi korxonasi va tugal metallurgiya sikliga ega bo'lgan mazkur kombinat mis majmuasi Qalmoqqir mis koni (1954), ruda boyitish fabrikasi (1957), metallurshya zavodi (1962)dan iborat. Respublikamizda yiliga 83-85 ming tonnadan ortiq mis ishlab chiqarilmoqda. 1998 yilda metallurgiya majmuasini rivojlantilishga 3,9 mlrd. so'm mablag sarflandi. Navoiy, Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatlari, O'zbekiston o'tga chidamli va qayta eriydigan metallar kombinati, O'zmetkombinat korxonalarini qayta qurish ishlari davom ettirilmoqda. Birgina Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatining harajatlari 200 mln. AQSH dollari miqdoriga teng bo'lgan qayta qurish (rekonstruksiya) loyihasi chet el investorlari hamkorligida amalga oshiriladi. Ma'lumki, tabiatda turli xildagi rangli metallar aralashgan holda uchraydi. O'zbekiston mis rudalarida mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, vismut, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi. Rangli metallarning juda katta zahiralari Chotqol-Qurama tog'larida joylashgan. Undagi Qalmoqqir mis koni o'ta noyob hisob-lanali. Shu yerda joylashgan Dalniy koni ham katta ahamiyatga ega. Mis, qo'rg'oshin, rux Qoramazor, Qo'rg'oshinkon, Burchmulla, Obiraxmat, Tanob, Handiza, Uchquloch, Chodak, volfram konlari Qo'ytosh, Ingichka, Langarda qazib olinadi. Farg'ona vodiysida unlab surma va simob konlari ochilgan. Umuman, Respublikamizda 40ga yaqin rangli metallurgiya korxonalari bo'lib, ularda 65,4 mingdan ortiq ishchilar ishlaydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling