Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari


O’zbekistonda metallurgiya sanoati mahsulotlari


Download 0.8 Mb.
bet10/15
Sana09.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1180211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Новый документ

2.3 O’zbekistonda metallurgiya sanoati mahsulotlari.

Ma’lumki, O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Shuning uchun ham bu sohada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va samaradorlikni yanada oshirish,zamoanviy texnologik imkoniyatlarni keng ko‘lam bilan ishga solishga ishlariga alohida e’tibor ko‘zi bilan qaralmoqda. Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston sanoatining kelgusidagi istiqbolli faoliyatini ta’minlash yo‘lidagi izchil islohotlarga keng yo‘l ochib, o‘zi bosh-qosh bo‘layotgani yurtimizda kon-metallurgiya sanoatini, jumladan, qora va rangli metall ishlab chiqarishni taraqqiy ettirishga zamin yaratmoqda.


Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda kon-metallurgiya sanoatining ahamiyati muhim hisoblanadi. Sohaga oid korxonalarda mehnat qilayotgan ko‘p ming kishilik jamoalarining kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissalarini qayd etgan holda, may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni etib belgilangan. Yaxshi an’anaga ko‘ra, mazkur sana Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham katta tantanalar bilan kutib olindi.
Jumladan, 13-may kuni OKMK sport majmuasida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kombinat mehnat jamoasiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov barcha kombinat ishchi xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilib kelayotgan ishchi xodimlar “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bayram tadbiri mashhur san’atkorlar ishtirokida katta konsert dasturi bilan yakunlandi.
14-may kuni esa katta xalq sayli tashkil etildi. Tadbirlar “Metallurg” madaniyat saroyi binosi oldida, “Yoshlar” va “Bolajon” bog‘lari hududida bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalari o‘z pavilyonlarini tashkil etib, eksponatlar, mahsulotlar va maketlar ko‘rgazmasini namoyish etishdi. Shuningdek, sayl davomida turli xil ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.
Bayram sayli so‘ngida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ijrosidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
O'zbekistonda oltin sanoatini rivojlantirshp jarayonida xorij texnologiyasidan keng foydalanilmoqda. Jumladan, oltin sanoatini keng rivojlangan AQSH bilan hamkorlikda 1993 yilda Zarafshonda Muruntov ruda chiqindilardan oltin ajratib olish yuzasidan «Zarafshon-Nyumont» qo'shma korxonasi (yillik quvvati 12-13 tonna) qurilishi boshlangan edi. Bu gigant qurilishiga 150 mln. AQSH dollari in­vestisiya qilinib g'oyat qisqa fursatda - 1995 yil. ning may oyida mahsulot beraboshladi. Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning «Lonro» firmasi bilan hamkorlikda Markaziy Qizilqumda oltin rudalari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish maqsadida «Amantaytu Golfildz» qo'shma korxonasi qurila boshlandi. «Lonro» firmasi ushbu dasturga boshlang'ich mablag sifatida 250 mln. AQSH dollarini investi­siya qildi.

O'zbekiston oltin sifati jihatidan jahonda eng yuqori o'rinlarda turadi. Uning sifati to'rtta - 9999 bilan ifodalanadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (1994).


Mis va boshqa rangli metallar qazib olish va ishlab chiqarish sanoati mamlakat mashinasozlik sanoatida alohida o'rin tutadi. O'zbekistonda rangli metallurgiya sanoatining mazkur tarmoqlari 1930 yillarning, O'rtalaridan boshlab shakllana boshladi. 1935 yilda konlarni ishga solish jarayonida volfram-molibden, 1941 yilda flyuorit, 1952 yilda qo'rg'oshin-rux, 1955 yilda mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi.


Endilikda mamlakat rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonalari Olmaliq va Navoiy tog'-metallurgiya kombinatlari, O'zbekiston qiyin eriydigan va issiqka bardoshli Chirchiq qotishmalar kombinati, Ingichka hamda Quytosh kon boshqarmalari va boshqalardir.


Mamlakat rangli metallurgiyasida oltindan keyin misning salohiyati katta. Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatining asosiy mahsulotlaridan biri ham misdir. Mazkur kombinatda uni qazib olish, boyitish, pishirish, eritish, xomaki va so'ngra toza mis tayyorlash jahon andozalariga javob beradigan darajada yo'lga qo'yilgan.


Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati mamlakat rangli metallurgiya sanoatining majmuasi va ko'rki.

Tarmoqning yetakchi korxonasi va tugal metallurgiya sikliga ega bo'lgan mazkur kombinat mis majmuasi Qalmoqqir mis koni (1954), ruda boyitish fabrikasi (1957), metallurshya zavodi (1962)dan iborat.


Respublikamizda yiliga 83-85 ming tonnadan ortiq mis ishlab chiqarilmoqda.


1998 yilda metallurgiya majmuasini rivojlantilishga 3,9 mlrd. so'm mablag sarflandi. Navoiy, Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatlari, O'zbekiston o'tga chidamli va qayta eriydigan metallar kombinati, O'zmetkombinat korxonalarini qayta qurish ishlari davom ettirilmoqda. Birgina Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatining harajatlari 200 mln. AQSH dolla­ri miqdoriga teng bo'lgan qayta qurish (rekonstruk­siya) loyihasi chet el investorlari hamkorligida amalga oshiriladi.


Ma'lumki, tabiatda turli xildagi rangli metallar aralashgan holda uchraydi. O'zbekiston mis rudalarida mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq tu­ri, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, vismut, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi. Rangli metallarning juda katta zahiralari Chotqol-Qurama tog'larida joylashgan. Undagi Qalmoqqir mis koni o'ta noyob hisob-lanali. Shu yerda joylashgan Dalniy koni ham katta ahamiyatga ega. Mis, qo'rg'oshin, rux Qoramazor, Qo'rg'oshinkon, Burchmulla, Obiraxmat, Tanob, Handiza, Uchquloch, Chodak, volfram konlari Qo'ytosh, In­gichka, Langarda qazib olinadi. Farg'ona vodiysida unlab surma va simob konlari ochilgan. Umuman, Respublikamizda 40ga yaqin rangli metallurgiya korxonalari bo'lib, ularda 65,4 mingdan ortiq ishchilar ishlaydi.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling