Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari


Download 0.8 Mb.
bet9/15
Sana09.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1180211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Новый документ

Qora metallurgiya sanoati. O'zbekistonda dastlabki qora metall ishlab chiqarishga 1940 yillarda asos solingan. Jumladan, 1942 yilda mamlakatda birinchi (Bekobod shahrida) zamonaviy metallurgiya zavodi qurishga kirishilgan. 1944 yilda esa Bekobod metallurgiya zavodida dastlabki mahsulot - metall eritmasi olingan. Keyinchalik metallurgiya zavodi kengayib, uning sexlari ko'payib va ishlab chiqarish quvvati oshib borgan. Jumladan, 1944 dekabrida zavodda metall quyish sexi ishga tushgan. 1945 yilning fevralida esa ikkinchi marten pechi, 1949 yilda uchinchi marten pechi qurib ishga tushirilgan. Shuningdek, 1946 va 1949 yillarda zavodda «ZOO» va «700» prokat stanlari qurib ishga tushirilgan. 1962 yilda esa o'zluksiz po'lat quyuv qurilmasi ishga tushirilgan.

Davr o'tishi va yangi sexlarning qurilishi bilan Bekobod metallurgiya zavodining ishlab chiqarish quvvati ortib borgan va korxonaning o'zi yirik metallurgiya kombinatiga aylangan.


Umuman, respublikamizda yiliga 260 ming t. po'lat va 420 ming t. prokat ishlab chiqarilmoqda.


Mamlakat qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish mustaqil O'zbekiston uchun dolzarb masaladir. Shuni ta'kidlash kerakki, keyingi yillarda O'zbekistonda ham qora metallurgiya xom ashyolari - temir, ti­tan, marganes, xrom va boshqalarning anchagina zahira­lari aniqlandi. Jumladan, cho'kindi jinsli temir ruda konlari Orolbuyi regionida, Qizilqumda, Jizzax viloyati hududida uchraydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Jizzaxning Forish tumani hududidan topilgan (1999 yil) temir ruda tarkibida 60 foiz toza temir bor. Shuningdek, qora metallurgiya sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladigan Qoraqalpog'istonda Tebinbuloq titan-magniy koni, Zarafshon, Qoratepa, Lolabuloq marganes konlari, Tomditog', Sulton Uvaysda va Farg'ona vodiysida xrom konlari topilgan. Ana shu va boshqa konlar zahiralarini aniqlash va ularni ishga tushirish natijasida kelajakda Bekobod metallurgiya zavodini to'liq siklga o'tkazish imkoniyatlari tug'iladi. Shuningdek, Markaziy Qozog'iston temir rudalarini import qilish bu muammoni hal qilishni tezlashtirishi mumkin.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling