Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari


Bosh boshqarma quyidagilar funksiyalarni amalga oshiradi


Download 0.8 Mb.
bet5/15
Sana09.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1180211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Новый документ

Bosh boshqarma quyidagilar funksiyalarni amalga oshiradi:
vazirliklar, idoralar va O'zbekiston Respublikasi hokimliklarining takliflari asosida, eksport salohiyatini rivojlantirishga va Respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasini ta’minlashga yo’naltirilgan, hududlarning keng qamrovli rivojlanishiga va tarkibiy siyosatning maqsadlariga erishish uchun qisqa va o'rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab-chiqadi va xorijiy kreditlar, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, shu jumladan investitsiya loyihalari va moliyalashtirish manbalari (tashabbuskorlari) kontekstida va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
investitsiyalarni prognozlashtirish, qisqa va o'rta muddatga investitsiya dasturlarini shakllantirish sohasida Respublika vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;
iqtisodiyotni rivojlantirishning ko’p variantli stsenariyalarini, qisqa va o'rta muddatga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi va dasturlarini, rivojlanish dasturlarini ishlab-chiqishda, shuningdek tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash, resurs tejaydigan ilg'or texnologiyalarni joriy etishda qatnashadi;
Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qisqa va uzoq muddatga prognozlashtirishni, investitsiya va tarkibiy siyosat bo'yicha respublika maqsadli dasturlarini tashkiliy-uslubiy boshqaruvini amalga oshishini va ishlarni muvofiqlashtirilishini ta'minlaydi;
vazirlikning boshqa boshqarma va bo'limlari bilan birgalikda, iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, ustuvorligi va tamoyillari asosida islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi;
nazorat qilinadigan tarmoqlar hujalik sub'ektlari masalalariga oid qarorlar (xulosalar) loyihalarini, belgilangan tartibda, zarur bo'lsa vazirlikning boshqa bolinmalari, boshqa idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb qilgan holatda korib-chiqadi va tayyorlaydi;
davlat tarkibiy siyosatining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirilish jarayonini ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi, olib borilayotgan loyiha-izlanuv ishlari bilan qurilishning manzilli ro'yxatini uyg'unlashtiruvini amalga oshiradi;
byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosat kabi umumiy yo’nalishlar bo’yicha takliflar tayyorlashda, shu bilan birga mahsulot, tovar va xizmatlar narxi va tariflarini boshqarish mexanizmini takomillashtirishda qatnashadi;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida O'zbekiston ishtiroki bilan bog'liq masalalar yuzasidan respublika pozitsiyalarini shakllantiradi va amalga oshiradi, xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqishda manfaatdor idoralar bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi;
xalqaro tajriba va xalqaro standartlarni o'rganish asosida investitsiya loyihalarini monitoring qilish uchun samarali usullarini ishlab chiqish;
markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar, to’gridan-to’gri investitsiyalar va chet-el kreditlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarni va investitsiya dasturining bajarilishini makroiqtisodiy darajada monitoringini olib boradi;
ilg'or resurs tejovchi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash bo'yicha davlat investitsiya loyihalari, rivojlanish dasturlari va idoralararo sanoat majmualarini tizimli monitoring amalga oshirishda qatnashadi;
mintaqaviy investitsiya siyosati, O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy mezonlarni ishlab chiqishda qatnashadi;


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling