Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari


Metallurgiya sanoati rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlar


Download 0.8 Mb.
bet14/15
Sana09.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1180211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Новый документ

3.3 Metallurgiya sanoati rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlar.

Kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari negizida ilg‘or jahon amaliyoti asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, unga bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:


1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasining quyidagilarni kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
“xomashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bog‘liq sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik klasterni (keyingi o‘rinlarda — Mis sanoati klasteri) tashkil etish;
kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish;
Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
Mis sanoati klasteri uchun zarur bo‘lgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirish;
kon-metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash;
kon-metallurgiya sanoatini zarur infratuzilma bilan ta’minlash hamda milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish;
davlatning kon-metallurgiya sanoati rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini shakllantirish, sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni oshirish.
2. Quyidagilar:
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maxsus komissiyaga (A.N. Aripov) “yo‘l xaritasi”ga, zaruratga qarab, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Maxsus komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
“yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishida mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ushbu jarayonni nazorat qilish;
mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni ko‘rib chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini muhokama qilib borish, shuningdek, “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ:
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil 15-oktabrga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda, 2022 — 2026-yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini;
“O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2021-yil 30-oktabrga qadar kon-metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini (“Navoiyazot” AJda tashkil etilayotgan texnologik kimyo klasterini hisobga olgan holda);
2021-yil 1-noyabrga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari hamda malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, “O‘zeltexsanoat” uyushmasining:
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini hamda Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, shu jumladan yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar hamda malakali mutaxassislarni jalb qilish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, xizmat safarlarini tashkil etish bilan bog‘liq va boshqa tegishli xarajatlarni “Olmaliq KMK” AJ mablag‘lari;
2022 — 2026-yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda kon-metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarni tegishligicha “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va boshqa tarmoqlar korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar hamda malakali mutaxassislar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra eng maqbul taklifni tanlash asosida shartnomalar imzolashga ruxsat berilsin.
7. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda joriy yil 1-sentabrga qadar 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan mis va boshqa rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar xorijiy davlatlarning kam xarajatli injiniring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda, ularni respublikada qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni Maxsus komissiyaga kiritsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Moliya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Mis sanoati klasteri faoliyatini tashkil etishga yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli investorlarni jalb qilish tizimini joriy etsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Mis sanoati klasterini tashkil etish uchun zarur investitsiya loyihalari ro‘yxatini tarmoqlar kesimida tayyorlagan holda, maxsus sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni Maxsus komissiyaga kiritsin.
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
ikki oy muddatda kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi va xalqaro ekologik talablarni amalga oshirish jadvalini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda kon-metallurgiya sanoati va boshqa bazaviy tarmoqlarning yirik korxonalarida atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqsin hamda ularning bajarilishini qat’iy nazoratga olsin.
Bunda, kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayoniga xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy donorlar grantlari va texnik yordamini jalb qilishga e’tibor qaratsin.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi takliflari asosida 2021-yil 1-noyabrga qadar Mis sanoati klasterini zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Mis sanoati klasterini tashkil qilishda elektr energiyasini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va transportirovka qilish imkoniyatlari, suv ta’minoti, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish, Mis sanoati klasteri korxonalarining faoliyatini raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari nazarda tutilsin.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling