Mavzu: Isbotlashning yo’llari va usullari


Isbot — mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini aniqlash (asoslash)


Download 1.14 Mb.
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1639903
1   2   3   4   5
Bog'liq
Isbotlashning yo\'llari va usullari. Turabova Nilufar

Isbot — mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini aniqlash (asoslash). 

  • Isbotning obyektiv metod orqali mantiqiy ishonchga olib boradigan turi va inson his-tuygʻulari, mayllariga asoslanib ruhiy ishonchga olib keladigan turi mavjud. Isbotlashning ikki xil turi mavjud.
  • a) bevosita hayotdan olingan faktlar orqali; 
  • b) toʻgʻriligi aniqlangan fik-rlar orqali amalga oshadi. Biror fikrning chinligi (haqiqatligi)ni toʻgʻriligi aniqlangan boshqa fikrlar orqali asoslab berish.

Mantiqiy Isbot faktlarga asoslangan Isbot esa real Isbot deb yuritiladi. Mantiqiy Isbot tuzilish jihatdan tezis (isbotlanishi kerak boʻlgan fikr), asos (tezisni isboti uchun keltirilgan dalillar), Isbot dan iborat. Isbot va uning qoidalarini birinchi boʻlibAristotel ishlab chiqqan. Forobiy Isbotning ayrim usullarini koʻrsatib bergan va Isbotni mantiq ilmining asosi deb aytgan. Isbot fan va amaliyetda doim qoʻllanadigan fikrlash usulidir. Zamonaviy mat. va mantiq ilmida aksimatik, chizikli, chiziqsiz, bevosita va bilvosita analogiya asosidagi Isbot, ekzistensial, muloxaza Isboti kabi usul va turlari mavjud.

Ilmiy bilish va kundalik faoliyatda argumentatsiya va tanqid, isbot va raddiya kabi bilishning mantiqiy usullari keng qo’llaniladi. Talabalarga argumentatsiya va tanqid usullarini egallash, isbotlangan argumentatsiyani, isbotlanmagan argumentatsiyadan farqlash, rad etilmaydigan tanqiddan rad etilgan tanqidni, argumentatsiyava tanqiddagi xatoliklarni aniqlashni egallash tavsiya etiladi. Argumentatsiya va tanqid nazariyasining mantiqiy va metodologik asoslarini egallash, pedagogik ilmiy va boshqa faoliyatni samarali olib borish imkoniyatini beradi.

Argumentatsiya – hukm, gipoteza, kontseptsiyani asoslash usullaridan biridir.

Tasdiqlash voqelikga bevosita murojat qilish (kuzatish, tajriba va boshqalari) orqali yoki bilvosita ma'lum bir mantiqiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. 

Mantiqiy usullarda ham asoslash voqelikka murojaat qilish orqali ham amalga oshirilishi mumkin, lekin bunda murajaat bevosita emas, bilvosita amalga oshiriladi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling