Mavzu: Ish haqidan ushlanmalar va ajratmalar hamda ularning hisobi Reja


Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa


Download 124 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi124 Kb.
#1635709
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat va ish haqini hisobga olish

Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa.
Nogiron bolasini tarbilayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi va mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdoridan haq to‘langan holda oyga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa.
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:
a) turmush o‘rtog‘i;
v) 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan kat’iy nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-sigillari;
v) ota-onasi;
g) bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustaqil mablag‘ manbaiga ega bo‘lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xo‘jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog‘ida turgan deb hisoblanmaydi.
Nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi.
Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug‘i yoki boshqaruvning qarori bilan tasdiqlanadi. Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa komissiya tomonidan (jarohatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan taqdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish, nafaqadan yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bosh buxgalteriya komissiya bilan bir qatorda nafaqa to‘lash bo‘yicha mablag‘larning to‘g‘ri xarajatlanishi uchun javobgardir. Nafaqalarni to‘lash uchun qilingan xarajatlar qonunchilikda xilof rafishda amalga oshirilganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot, muassasalari tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamg‘armasi hisobiga qabul qilinadi va ular xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisobiga yozib qo‘yiladi.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling