Mavzu: Ish haqidan ushlanmalar va ajratmalar hamda ularning hisobi Reja
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa
Download 124 Kb.
|
Mehnat va ish haqini hisobga olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug‘ishbo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi. Xodim ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqqandan so‘ng, nafaqa to‘lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsizlik kunlar uchun to‘lanadi. Ish haqi to‘lash to‘xtalib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug‘ishbo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibi. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqikiy ish haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib to‘lanadigan jami ish haqi to‘lovlari kiradi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug‘urta badallari berilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi. Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to‘la ishlamagan, homiladorlik va tug‘ish, bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo‘lgan, harbiy o‘quv yoki sinov yig‘inlarda yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo‘linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun oydan kam bo‘lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan bir qismi hisobga olinadi. Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling