Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash mundarija: Kirish


O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari


Download 114.2 Kb.
bet4/4
Sana29.11.2020
Hajmi114.2 Kb.
#154590
1   2   3   4
Bog'liq
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash


2.3. O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari.

Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.

Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim.

Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. 

Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi21.

Bugungi kunda esa, amalga oshirilgan islohatlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 32,9 foizga yetdi, o‘z navbatida qishloq ho‘jaligi sohasi yuqori sur'atlarda o‘sishiga qaramasdan yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 17,6 foizni tashkil etdi va hizmat ko‘rsatish sohasinng ulushi 49,5 foizga yetgan22.

Asosiy vazifa esa, davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2030-yilda 40 foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir.

Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali rivojlantirishni ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur. Jumladan  2017-2020-yillarda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida 42 mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.

Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada barqaror va izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab chiqirish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash joiz. 

Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish zaxilaridan keng foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta'minlaydi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,6 mlrd. dollarini tashkil etdi23.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan24.

Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1 201 investitsiya loyihalri amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:



Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash; 

Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi bosqichga o‘tish;

Uchinchidan - ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va import o‘rnini bosishni rag‘batlantirish siyosatini davob ettirish, avvalam bor iste'mol tovarlari va butlovchi qismlar, tarmoqlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

To‘rtinchidan - tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish evaziga tayyor mahsulotlar eksportini yuqori o‘sish sur'atlariga erishish;

Beshinchidan - sanoatda energiya va xom ashyo sarfini qisqartirish, mahsulot ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbaalaridan foydalanishni kengaytirish va sanoat tarmoqlarida mehnat unimdorligini oshirish;

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini 8%ga pasaytirish va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi belgilangan. 

Oltinchidan - yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi25.

Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qo‘shimcha 1,2 trln.so‘mlik 248 ta loyihalar ishga tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat sohasida tub tarkibiy o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash imkoniyatiga egamiz.



XULOSA

Aholining talab va ehtiyojlarining keskin o’sib borishi, shuningdek, jahon bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida korxonalarda, jumladan kichik biznes sub’ektlarida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan ishlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O’z SDT), O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O’z O’DT), O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’z SMT) ni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida raqobatbardosh va sifatli mahsulot bilan ta’minlash, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi sog’lig’i, mahsulot xavfsizligi, mamlakatning mudofaa qobiliyati, atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.

Bizning fikrimizcha, iste’mol bozori talablarining o’zgaruvchanligi sharoitida kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning qoniqishini ta’minlash, natijada mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish lozim.

Shu jihatdan, respublikamizda aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish talab etiladi.

Ma’lumki, bozor sharoitida ko’pgina ko’rsatkichlar orasida aynan sifat tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilarning saqlanib qolish shartiga, ularning iqtisodiy faoliyatining samaradorligi hamda mamlakat iqtisodiy farovonligii ko’rsatkichiga aylanadi. Marketing nuqtai nazaridan sifat – ma’lum iste’molchining ma’lum ehtiyojlarini qondiruvchi tovarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidir.

Shunday qilib, sifatliroq mahsulot aniq bir tovar yoki xizmatni aniq xaridorlar ko’proq ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini nazarda tutadi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan sifat va foydali xossa tushunchalarini farqlash zarur.

Aksionerlik jamiyatlarida tovar sifat tizimini shakllantirish xo’jalik faoliyatining uchta yo’nalishiga asoslanishi mumkin: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish va sifatni yaxshilash.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, jahon talablari va standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, aksionerlik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T., 2013-y.

  2. O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni.-T.:2.09.1994

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuni.-T., Qonunlar to‘plami, Adolat, 2002-y.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi qonuni, 06.01.2012. №319.- T.: O’zbekiston, 2012-y.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi №3860-sonli Farmoni.

  6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi 361-sonli Qarori.- T.:22.08.1998.

  7. “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli Qarori.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora tadbirlari to’g’risida. 2008-yil 28-noyabr, PF4058-son.

  9. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” nomli mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. T.: “O’zbekiston” -2013.

  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.Aning “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ldi” nomli mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. T.: “O’zbekiston”-2012.

  11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014- yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “2014-yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettiish yili bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasi. // Toshkent oqshomi gazetasi, 2014-yil, 20-yanvar.

  12. Karimov.I.A. Bizning yo’limiz –demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir. //Xalq so’zi, 2011-yil, 8-dekabr, №238(5405).

  13. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish etishlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi.//Xalq so’zi, 2005-yil 29-yanvar, №13

  14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi. 18.01.2015. https://daryo.uz/2015/01/18/ozbekistonda-2015%E2%88%922019-yillarda-ishlab-chiqarishni-tarkibiy-ozgartirish-modernizatsiya-va-diversifikatsiya-qilishni-taminlash-boyicha-chora-tadbirlar-dastu

  15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita va komissiyalarining 2017-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq Byudjet va iqtisodiy islohiotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati. 2017-yil 27-oktabr. https://mineconomy.uz/uz/node/1922

  16. “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-sonli Prezident qarori. 20.11.2018. https://lex.uz/ru/docs/-4069155

  17. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4830-sonli Prezident qarori. 15.09.2020. https://lex.uz/docs/-5000808



II. Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Ulashev.O.I., Atamuradov.A.Sh. “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti”. Darslik .-T.: “Tafakkur bo’stoni”, 2013.- B.232.

  2. Gulyamov S., Qosimov G’. va boshqalar. “Zamonaviy ishlab chiqarish menejmenti”. Darslik.-T.: “Tafakkur bo’stoni”, 2013.- B.456

  3. Sharifxo’jayev M., Abdullayev Y., “Menejment”. Darslik.-T.: “O’qituvchi”, 2014. – B.702

  4. Yuldashev N., Sobirjonova D., To’lagoanova Sh. “Strategik menejment”. O’quv qo’llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. –B.150

  5. Sabirjanova D., Sulaymonov B., “Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni boshqarish”. O’quv qo’llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. –B.200

  6. Nurimbetov R., Ahmedov S., “Ishlab chiqarish menejmenti”. O’quv qo’llanma. T.:”Talqin”, 2018. – B.112

  7. Hojiahmedov G’. H., Yaxyayeva I. K., Yo’ldoshev N. Q. “Mahsulot sifatini boshqarish” o’quv qo’llanma. T.: “Iqtisodchi”, 2018. –B.150

  8. Peregudov L., Fayziyev R. va boshqalar. “Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish”. Toshkent –“ Moliya” – 2018. 67-69-betlar.

  9. Bakiyev.A. va boshqalar. “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot”. O‘quv qo‘llanma. Т.:«IQTISOD-MOLIYA», 2019. 208-bet.

  10. S.Sayfullayev, N.Komilova. Sanoat iqtisodiyoti. Toshkent, “G’afur G’ulom” nashri. 2019-yil. 123-128-betlar.

  11. Bozorov B.U., Jalolov K.M. Industrial va innovatsion iqtisodiyot. Samarqand Davlat Universiteti, 2019-yil. 56-60-betlar.

  12. Abdurahim Ortiqboyev. Sanoat va ishlab chiqarish iqtisodiyoti. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Sano-standart” nashriyoti, 2019. 88-120-betlar.

  13. R.I.Gimush, F.M.Matmurodov, S.I.Ahmedov, B.A. Leshenko. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti. Toshkenta arxitektura qurilish instituti, 2019-yil. 67-89-betlar.



III. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar

  1. Hоjiаhmеdоv G’. H., Usmоnоv А. А., “Mаhsulоt sifаtini оshirishdа хоrijiy dаvlаtlаr tаjribаsidаn fоydаlаnish yo’llаri”. Sifаt mеnеjmеnti tizimini yarаtish – iqtisоdiy o’sishning hаl qiluvchi оmili. Rеspublikа ilmiy – аmаliy аnjumаni tеzislаr to’plаmi. 2001 yil 16 fеvrаl. –T.: “Iqtisоdiyot”, 2014. – 293 b.

  2. Alimov R., Rasulev A., Qodirov A. va boshq. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish muammolari:nazariya va amaliyot. – T.:Konsauditinform-Nashr. 2016.

  3. Safarov N. Xalqaro transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo’nalishlari: avtoreferati Toshkent-2012.-B. 30.

  4. Amonboyev M.R. Korporativ korxonalar faoliayatini innovatsion boshqarish sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiyalshning asosiy yo’nalishlari. Iqt.fan.nomz...diss. T.:2012.

IV. Internet saytlari

  1. www.soliq.uz

  2. www.uzdenemetr.com

  3. www.BPK.uz

  4. www.gov.uz

  5. www.lex.uz



1 Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz tarqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ldi. - Toshkent: “O’zbekiston”, 2012. 36-b.

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2019-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “2019-yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettiish yili bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasi. –Toshkent, Toshkent oqshomi gazetasi, 2019-yil, 20-yanvar.

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2017-yil 22-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifidagi nutqi. http://mineconomy.uz/uz/info/1632

4 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

5 B.T. SАLIMOV, M.S. YUSUPOV, B.B. SALIMOV. MIKROIQTISODIYOT. 2025-yil. Toshkent. 99-100-betlar.

6 O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent. 673-b.

7 Iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalarining texnik modernizatsiya va diversifikatsiya qilish darajasini baholash bo’yicha uslubiy tavsiyalar. Tavsiya O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi (№2-1-7/49, 22.09.2010 y.) va Davlat statistika qo’mitasi (№04-8, 14.09.2010 y.) tomonidan tasdiqlangan.

8 Amonboyev M.R. Korporativ korxonalar faoliayatini innovatsion boshqarish sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiyalshning asosiy yo’nalishlari. Iqt.fan.nomz...diss. T.:2012.20-bet.

9 Amonboyev M.R. Korporativ korxonalar faoliayatini innovatsion boshqarish sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiyalshning asosiy yo’nalishlari. Iqt.fan.nomz...diss. T.:2012.22-bet.

10 Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish etishlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi.//Xalq so’zi, 2005-yil 29-yanvar, N 13, 3-b.

11 Amonboyev M.R. Korporativ korxonalar faoliayatini innovatsion boshqarish sharoitida ishlab chiqarishnimodernizatsiyalshning asosiy yo’nalishlari. Iqt.fan.nomz...diss. T.:2012.22-bet

12 I.Karimovning “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasi bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent: “O’zbekiston”, 2013. 89-b.

13 Safarov N. Ch. Xalqaro transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo’nalishlari: avtoreferati Toshkent-2012. 9-b.

14 Peregudov L.V., Fayziyev R.R. Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish. Toshkent “Moliya” – 2012. 26-bet.

15 Alimov R., Rasulev A., va boshq. O”zbekiston iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish muammolari:nazariya va amaliyot. –T.:Konsauditinform-Nashr. 2006, 14-b.

16 G’.Hojiahmedova, I.Yaxyayeva. Sifat menejmenti. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.:2012. 10-b

17 G’.Hojiahmedova, I.Yaxyayeva. Sifat menejmenti. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.:2012 15-b.

18 Hojiahmedova G’., Yaxyayeva I. Sifat menejmenti. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.:2012 14-b.

19 G’.Hojiahmedova, I.Yaxyayeva. Sifat menejmenti. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.:2012 15-b.

20 O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ldi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. T.-2012.

21 Ma'lumot o‘rnida: 90-yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 33 foizi qishloq xo‘jaligi ulushiga to‘g‘ri kelgan va o‘z navbatida sanoat mahsulotlari esa 14 foizdan oshmagan. Shuningdek, sanoat mahsulotlarining asosini paxta tozalash va qishloq xo‘jaligi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etgan.

22 https://mineconomy.uz/uz/info/1922

23 Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 106 ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan, shuningdek, 356 turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki barobardan ziyodga kamaygan.

24 Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 3 tasida umumiy qiymati 486 mln.dollarlik 62 ta loyihalar amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

25 Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Download 114.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling