Mavzu Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish


Download 44.12 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi44.12 Kb.
#1622434
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu ICHM

Sifat — boshqarish obyekti. Sifatni boshqarish nazariyasini ishlab chiqishga atoqli olimlar P.L. Chebishev, A.M. Lyapunov, I.G. Venetskiy, A.M. Dlin, U.A. Shuxart, E. Deming, A.Feygenbaumlar katta hissa qо‘shganlar.
Sifatni boshqarish zamonaviy nazariyasi shundan kelib chiqadiki, sifatni boshqarish bо‘yicha faoliyat mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin samarali bо‘lishi mumkin emas, bu faoliyat mahsulot ishlab chiqarish jaoayonida amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarish jarayonidan odingi mahsulot sifatini ta’minlovchi faoliyat ham muhimdir.
Sifat kо‘pgina tasodifiy, mahalliy va subyektiv omillarning ta’siriga bog‘liq. Bu omillar sifat darajasiga kо‘rsatadigan ta’sirining oldini olish uchun sifatni boshqarish tizimi zarur. Bunda ayrim uyushmagan va tasodifiy xarakatlar emas, balki sifatning tegishli darajasini saqlab turish maqsadida mahsulotni yaratish jarayoniga muntazam ta’sir qilish choralari majmuasi zarur.
2.Mahsulot sifatini boshqarishning xorijiy tajribasi.
Zamonaviy sifat menejmenti sifatni boshqarish hamda konsultantlar dasturlari bо‘yicha xorijiy korporatsiyalar bajargan tadqiqotlar natijalariga asoslangan. Bu "Xyulett-Pakkard" kabi mashhur korporatsiyalar tajribasidir. 1980 yillarda bu va qator boshqa firmalar siyosatiga F.B. Krosbi U.E. Deming, A.V. Feygenbaum, K. Isikava, Dj. M. Djuran ishlanmalari ta’sir qilgan.
Yetakchi firmalar faoliyatining asoslari quyidagilar bо‘lib qoldi:

  • oliy bо‘g‘in rahbarlari manfaatdorligi;

  • ish sifatini yaxshilash bо‘yicha kengash tashkil qilish;

  • barcha rahbarlar tarkibini ishni yaxshilash jarayoniga jalb qilish;

  • jamoa ishtirokini ta’minlash;

  • individual ishtirokni ta’minlash;

  • tizimlarni takomillashtiruvchi guruhlarni yaratish (jarayonlarni boshqaruvchi guruhlar);

  • ta’minlovchilarni tо‘laroq jalb qilish;

  • boshqarish tizimlari ishlash sifatini ta’minlash;

  • ishni yaxshilashning qisqa muddatli rejalari va uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • xizmatlarni tan olish tizimini yaratish.

Ayniqsa, boshqarish tizimlari ishlash sifatini ta’minlash yо‘nalishida tо‘xtalib о‘tish kerak. Sifatni boshqarish bо‘yicha konsultantlar sifat va ishonchlilikni boshqaruvchi xizmatlar harakat va resurslarini muammolarni aniqlash va xatolarni tо‘g‘rilashga yо‘naltirganlariga e’tibor berishgan. Natijada og‘ishlar bо‘yicha boshqarish tizimi shakllangan. Bu tizim xatolarga javob qaytargan, lekin profilaktik chora-tadbirlarga hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lmagan bо‘linmalarga munosib baho bermagan. Sifatni ta’minlash firmaning ishlab chiqarish-xо‘jalik faoliyatini boshqaruvchi tizimlarga bog‘liq degan xulosa chiqarilgan.
Sifat bо‘yicha yetakchi konsultantlardan biri F. Krosbi rag‘batlantirish tizimi muhimligiga e’tiborni jalb qildi. Xodimlar xizmatlarini tan olish va yuksak natijalarga erishishga qiziqtirish zamonaviy sifat menejmentining tarkibiy qismidir.
1951 yilda Deming mukofoti haqida nizom ishlab chiqildi va u umumiy sifatni boshqarish (TQM) modeli asosini yaratdi. U model ekspertlarning keng doirasidan tushadigan ma’lumotni muntazam taxlilini va sifatga yangicha qarashni nazarda tutadi. Deming mukofoti Yaponiya sifatiga erishishda katta rol о‘ynadi. Keyinroq, 1987 yilda AQSH da Malkolm Baldridj nomidagi mukofot ta’sis etildi. M. Baldridj mukofoti modelining rivoji biznes natijalari va jamiyatga qilgan ta’sirni baholovchi Yevropa sifat mukofoti bо‘ldi.
Bozor iqtisodiyotida faoliyat kо‘rsatayotgan firmalar sifat sohasidagi siyosatni shunday ifoda qilishadiki, u faqat taklif etilayotgan buyumlar yoki xizmatlar sifatlarigagina emas, balki har bir ishchi faoliyatiga dahldor bо‘lishi kerak. Siyosatda aniq firma uchun ish sifati standartlari darajasi va sifatni ta’minlash tizimlarining jihatlari aniq belgilanadi. Bunda berilgan sifatli mahsulot iste’molchiga ma’lum muddatlarda, ma’lum hajmda va maqbul narxda yetkazib berilishi kerak.
Bugungi kunda sifatni boshqarishda mahsulot sifati yuqori barqarorligi va turg‘unligi kafolati bо‘lgan sifat menejmentining sertifikatlashtirilgan tizimi muhim ahamiyatga ega. Sifat tizimining sertifikati firmaga bozorda raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini beradi.

Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling